Get Mystery Box with random crypto!

Uzbek students in Korea

Telegram kanalining logotibi uzbek_students_korea — Uzbek students in Korea U
Telegram kanalining logotibi uzbek_students_korea — Uzbek students in Korea
Kanal manzili: @uzbek_students_korea
Toifalar: Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.94K
Kanalning ta’rifi

Kanalda Koreyadagi o'zbekistonliklar uchun muhim yangiliklar berib boriladi.
Admin: @adm_connectbot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2021-01-14 09:48:49
Termiz Davlat Universiteti rektori Abduqodir Toshqulov Oliy ta’lim vaziri lavozimiga tayinlandi.

@uzbek_students_korea
9.8K viewsedited  06:48
Ochish/sharhlash
2021-01-13 04:19:18
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In o‘zining koreys xalqiga yo‘llagan Yangi yil murojaatida O'zbekiston bilan Erkin Savdo shartnomasi imzolanishini alohida ta'kidlab o'tdi.

«Biz Filippin, Kambodja va O‘zbekiston bilan ESSH muzokaralarini tezlashtirish orqali Yangi Janubiy va Yangi Shimoliy siyosat bo‘yicha almashinuv va hamkorlikni kengaytiramiz»,—dedi Koreya Respublikasi Prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya hukumati tomonidan faol ilgari surilayotgan «Yangi Shimoliy siyosat» Yevroosiyo qitʼasi mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekiston bilan turli jabhalardagi yaqin hamkorlik munosabatlarni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Qisqacha aytganda mazkur shartnoma imzolansa O'zbekiston mahsulotlarini Koreyaga eksport qilish osonroq bo'ladi, umuman savdo-sotiq jarayonlari yanada soddalashadi va keng imkoniyatlar eshigi ochiladi.

@uzbek_students_korea
8.7K viewsedited  01:19
Ochish/sharhlash
2021-01-12 14:56:28
O’zbekiston Havo yo’llarining xabar berishicha 28-yanvar va 11-fevraldagi reyslariga ID kartasi yoki tegishli vizasi bor C vizadan tashqari) o’zbekistonliklarga Toshkent-Seul yo’nalishiga chiqishga ruxsat berilibdi. Avvalroq Asiana Airlines kompaniyasida shunday imkoniyat berilgani haqida xabar bergan edik. @uzbek_students_korea
6.8K viewsedited  11:56
Ochish/sharhlash
2021-01-12 10:24:29
Seul shahriga bugun ham qalin qor yog’a boshladi. Bunday havoda yo’llarda ehtiyot bo’lish kerak. @uzbek_students_korea
6.5K views07:24
Ochish/sharhlash
2021-01-06 07:33:01 ​​Steve Jobsni ko'pchilik shunday bir xil kiyimda eslasa kerak.

Steve 1980 yillarda Yaponiyada Sony kompaniyasi zavodiga boradi. (U Sony'ga doim havas qilib kelgan. Applening eng birinchi ofisi Sony bilan bitta binoda joylashgan)

Zavodni tomosha qilib, nima uchun hamma bir xil formada deb so'raydi. Sony rahbari: Bizda urush yillaridan keyin xalq kambag'al bo'lib, odamlarda kiyish uchun tuzukroq kiyim ham bo'lmagan. Shunda Sony zavod ishchilariga kiyimlar tarqatgan. Keyinchalik bu kiyimlar zavod belgisiga aylanib qolgan. Ularni bitta maqsad sari bitta kompaniyaga tegishli ekanligi va tengligini esatib turgan. Shu bilan an'ana bo'lib forma joyida qolgan deb tushuntiradi.

Jobs bundan ta'sirlanib, Applega ham shu formani joriy etishga harakat qiladi. Sony formasini yaratgan mashhur dizayner Issey Miyake bilan uchrashib Apple ga ham forma dizayn qilishni buyuradi. Lekin AQShga kelgach hamma bu g'oya va uning ustidan kuladi.

Shunda Steve baribir dizayner bilan uchrashib o'zi uchun shaxsiy forma qilib berishni so'raydi. Miyake unga 100 dona Steve yaxshi ko'rgan "turtleneck" sviterlarini yuboradi. U buncha kiyimni ko'rib, bular o'lgunimcha yetarkan, deydi. Shundan keyin Steve doim shu formani kiyib yurishga odatlanadi.

U milliarder bo'lishiga qaramasdan oilasi bilan kichik bir hovlida yashardi. Bill Gates oilasi bilan Jobsnikida mehmonga kelganda kamtarona jihozlangan uyini ko'rib hayron qoladi. Hammalaring rostdan shu uyda yashaysilarmi, deb so'raydi u.
Uning shaxsiy qo'riqchisi, haydovchisi, hatto uyida yordamchisi ham yo'q edi.

Steve Jobs kitobidan.

@uzbek_students_korea
8.8K views04:33
Ochish/sharhlash
2021-01-03 13:15:51
Asiana Airlines xabar berishicha Toshkent-Seul yo’nalishidagi reyslar yanvar oyida quyidagi grafikda amalga oshiriladi:

4-yanvar
13-yanvar
20-yanvar
27-yanvar.

Mazkur reyslarga viza muddati bor bo’lgan (C vizafan tashqari) barcha o’zbekistonliklar chiqishi mumkin. ID kartasi borlardan Re-entry permission ham so’ralishi mumkin.

@uzbek_students_korea
8.7K viewsedited  10:15
Ochish/sharhlash
2021-01-02 08:47:02
O’zingizga va ilmga sarmoya qiling.

@uzbek_students_korea
11.9K viewsedited  05:47
Ochish/sharhlash
2020-12-24 11:17:08 ​​Cheonan shahrida bugun 29 xorijlikda virus aniqlanibdi.

Ularning barchasi chet elliklar uchun oziq-ovqat mahsulotlari sotadigan do'konga borganligi aniqlangan. Oxirgi 2-3 kunda do'konga borgan boshqa fuqarolar ham aniqlanmoqda.

Shu kunlarda virus xavfi yuqoriligi sababli mahsulotlarni onlayn do'konlarda harid qilishni tavsiya qilamiz.

Kmall onlayn do'koni ham o'zbekistonliklar uchun turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini qulay harid qilishingiz mumkin.

Yangi foydalanuvchilar Mobil ilovani quyidagi havola orqali yuklab olganda 5000 won bonus taqdim etiladi.

@uzbek_students_korea
11.1K views08:17
Ochish/sharhlash
2020-12-23 16:34:54
Boryeong shahrida jami 14 o’zbekistonlik talabada Covid-19 aniqlanibdi.

Avvalroq Aju avtomobilsozlik kolleji yotoqxonasida bir guruh Vyetnamlik talabalarda virus aniqlanaganligi xabar qilingan edi.
O’zbekistonlik talabalar ham shu kollejda tahsil olishadi.

@uzbek_students_korea
9.2K viewsedited  13:34
Ochish/sharhlash
2020-12-16 11:06:20
Asiana aviakompaniyasi xabar berishicha 21-dekabrdagi 4-yanvardagi Toshkent-Inchon yo’nalishidagi charter reyslarga nihoyat ID kartasi va viza muddati borlar uchun chiptalar sotish boshlanganini ma'lum qildi.

Quyidagi shaxslar uchun ruxsat berilibdi:

ID kartasi va viza (C vizadan tashqari barcha) muddati yetarli bo'lgan shaxslar

Koreya elchixonasi tomonidan belgilangan klinikada PCR test topshirgan va sertifikat olgan shaxslar

Batafsil ma'lumot uchun Asiana Airlines vakolatxonasi va Koreya elchixonasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Incheon-Toshkent yo'nalishida bilet olish uchun: @csuzbek

@uzbek_students_korea
14.1K viewsedited  08:06
Ochish/sharhlash