Get Mystery Box with random crypto!

​​Steve Jobsni ko'pchilik shunday bir xil kiyimda eslasa kerak | Uzbek students in Korea

​​Steve Jobsni ko'pchilik shunday bir xil kiyimda eslasa kerak.

Steve 1980 yillarda Yaponiyada Sony kompaniyasi zavodiga boradi. (U Sony'ga doim havas qilib kelgan. Applening eng birinchi ofisi Sony bilan bitta binoda joylashgan)

Zavodni tomosha qilib, nima uchun hamma bir xil formada deb so'raydi. Sony rahbari: Bizda urush yillaridan keyin xalq kambag'al bo'lib, odamlarda kiyish uchun tuzukroq kiyim ham bo'lmagan. Shunda Sony zavod ishchilariga kiyimlar tarqatgan. Keyinchalik bu kiyimlar zavod belgisiga aylanib qolgan. Ularni bitta maqsad sari bitta kompaniyaga tegishli ekanligi va tengligini esatib turgan. Shu bilan an'ana bo'lib forma joyida qolgan deb tushuntiradi.

Jobs bundan ta'sirlanib, Applega ham shu formani joriy etishga harakat qiladi. Sony formasini yaratgan mashhur dizayner Issey Miyake bilan uchrashib Apple ga ham forma dizayn qilishni buyuradi. Lekin AQShga kelgach hamma bu g'oya va uning ustidan kuladi.

Shunda Steve baribir dizayner bilan uchrashib o'zi uchun shaxsiy forma qilib berishni so'raydi. Miyake unga 100 dona Steve yaxshi ko'rgan "turtleneck" sviterlarini yuboradi. U buncha kiyimni ko'rib, bular o'lgunimcha yetarkan, deydi. Shundan keyin Steve doim shu formani kiyib yurishga odatlanadi.

U milliarder bo'lishiga qaramasdan oilasi bilan kichik bir hovlida yashardi. Bill Gates oilasi bilan Jobsnikida mehmonga kelganda kamtarona jihozlangan uyini ko'rib hayron qoladi. Hammalaring rostdan shu uyda yashaysilarmi, deb so'raydi u.
Uning shaxsiy qo'riqchisi, haydovchisi, hatto uyida yordamchisi ham yo'q edi.

Steve Jobs kitobidan.

@uzbek_students_korea