Get Mystery Box with random crypto!

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In o‘zining koreys xal | Uzbek students in Korea

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In o‘zining koreys xalqiga yo‘llagan Yangi yil murojaatida O'zbekiston bilan Erkin Savdo shartnomasi imzolanishini alohida ta'kidlab o'tdi.

«Biz Filippin, Kambodja va O‘zbekiston bilan ESSH muzokaralarini tezlashtirish orqali Yangi Janubiy va Yangi Shimoliy siyosat bo‘yicha almashinuv va hamkorlikni kengaytiramiz»,—dedi Koreya Respublikasi Prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya hukumati tomonidan faol ilgari surilayotgan «Yangi Shimoliy siyosat» Yevroosiyo qitʼasi mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekiston bilan turli jabhalardagi yaqin hamkorlik munosabatlarni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Qisqacha aytganda mazkur shartnoma imzolansa O'zbekiston mahsulotlarini Koreyaga eksport qilish osonroq bo'ladi, umuman savdo-sotiq jarayonlari yanada soddalashadi va keng imkoniyatlar eshigi ochiladi.

@uzbek_students_korea