Get Mystery Box with random crypto!

Uzbek students in Korea

Telegram kanalining logotibi uzbek_students_korea — Uzbek students in Korea U
Telegram kanalining logotibi uzbek_students_korea — Uzbek students in Korea
Kanal manzili: @uzbek_students_korea
Toifalar: Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.94K
Kanalning ta’rifi

Kanalda Koreyadagi o'zbekistonliklar uchun muhim yangiliklar berib boriladi.
Admin: @adm_connectbot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-10 04:39:23
Koreaning yangi saylangan prezidenti Sodiq Safoevni qabul qildi.

9-may kuni Koreyaning saylangan prezidenti Yoon Seok Yun Sokyol Sodiq Safoev boshchiligidagi O'zbekiston delegratsiyasini qabul qildi.

Sodiq Safoev Koreyaning yangi saylangan prezidentiga Shavkat Mirziyoyevning maktubini topshirgan va o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

@uzbek_students_korea
9.1K viewsedited  01:39
Ochish/sharhlash
2022-04-29 08:38:35
TOPIK imtixoniga tayyorlanish uchun kechki onlayn darslar

Cyber University of Korea (고려대학교ga qarashli) onlayn TOPIK tayyorlov kurslarini boshladi.

Tayyorlov kurslari kechki vaqt bo'lib kunduzi ishlovchilar va TOPIK testiga mustaqil tayyorlanuvchilar uchun yaxshi imkoniyat.

Batafsil ma'lumot: manba

@uzbek_students_korea
10.5K views05:38
Ochish/sharhlash
2022-04-29 04:16:35
Nihoyat tashqarida maska taqmay yurishga ruxsat berildi

2-May dushanba kunidan boshlab Koreyada COVID bilan kasallanganlarning keskin kamayishi va fuqarolarning noroziligini hisobga olib tashqarida maska taqish majburiyati bekor qilindi.

Bino ichida maska taqish majburiyati saqlab qolinadi. Shuningdek, 50 kishidan ortiq to'planadigan tashqqaridagi ommaviy tadbirlarda qatnashganda ham maska taqish talab etiladi.

@uzbek_students_korea
14.1K viewsedited  01:16
Ochish/sharhlash
2022-04-22 10:39:12
Degudagi masjid qurilishiga ruxsat berildi.

Avvalroq
Degu shahrida qurilishi boshlangan masjidni shu yerlik aholi noroziligiga uxhragacha shahar ma'muriyati qurilishni to'xtatib qo'ygan edi.

Masjid qurilishini to'xtatish haqida chiqarilgan qarorni tuman sudi noqonuniy deb topdi va musulmonlar uyushmasini himoya qilib qaror chiqardi.

Mahalliy aholi turli bahonalar bilan qarshilik qilgan bo'lsada, sud qurilishni to'xtatishga qonuniy asos yo'q deb xulosa qilgan va shahar ma'muriyatiga masjid qurilishini davom ettirishga ruxsat berishni so'ragan.

@uzbek_students_korea
10.0K views07:39
Ochish/sharhlash
2022-04-18 05:40:48 Viza uchun KDB bank spravkasi talab etilmaydigan universitetlar haqidagi reklamalar ko'paygan. Bularning barchasi yolg'on ma'lumot hisoblanadi.

Hozirda Koreyada barcha universitetlarga viza olish uchun KDB bank ma'lumotnomasi majburiy talab etiladi. Telex va nelegallar 1% dan kam bo'lgan 우수인증제 universitetlariga kirganlar ham birdek KDB bank ma'lumotnomasini taqdim etishlari shart.

Bakalavr va magistr uchun 20,000$ (kamida 1 oy). Demak bakalavr va magistrga topshirmochi bo'lganlar, uzog'i bilan iyun oyi oxirigacha bankka pul qo'yishlari kerak. Shunda avgust oyida vizaga topshirguncha pul qo'yilganiga 1 oydan oshadi.

Til kurslari uchun 10,000$ (kamida 3oy). Til kursiga sentabrda kelmoqchi bo'lganlar uzog'i bilan May oyi boshida bankka pul qo'yishlari kerak. Shunda avgustda vizaga topshirguncha 3 oy o'tgan bo'ladi.

-- Bundan tashqari viza olishda ota-onasining rasmiy ish joyidan olgan ma'lumotnoma (mehnat.uz yoki gov.uz saytidan olingan mehnat daftarchasining ko'chirmasi bo'lishi kerak)
-- Ota-onasining oylik darmoadlari yoki mol-mulki haqidagi ma'lumotlar ham elchixona tomonidan so'raladi.

Bu haqda elchixona saytida ham rasman yozib qo'yilgan.
Shuning uchun o'qishga topshirmoqchi bo'lganlar ishni bankka pul qo'yishdan boshlashlari kerak.

@uzbek_students_korea
13.0K viewsedited  02:40
Ochish/sharhlash
2022-04-15 03:11:11
Koreya karantin choralaridan butunlay voz kechishga kirishdi.

18-apreldan kech soat 12:00 gacha ishlash majburiyati o'rnatilgan restoran kafe va jamoat joylari uchun cheklovlar bekor qilindi. Shu muddatdan ular cheklovsiz ishlashni boshlaydi.

25-aprelda vaziyatni baholagan holda binodan tashqarida maska taqmaslikka ruxsat berish haqida qaror qabul qilinishi mumkin.

Kelasi 4 hafta ichida COVID bilan kasallanganlarni karantin qilish majburiyati ham bekor qilinishi o'rganib chiqilmoqda.

@uzbek_student_korea
10.5K viewsedited  00:11
Ochish/sharhlash
2022-04-12 09:32:57 ​​Sejong Universityga kuzgi semestr uchun qabul boshlandi.

Universitet dunyo reytida TOP 300-likka kiradi.

Bakalavrdagi yo’nalishlar:

- Public Administration
- Media and Communication (Jurnalistika)
- Business Administration
- Economics
- Hospitality, Tourism Management
- Biological Systems
- Computer Science and Engineering

Master’s degree yo’nalishlar

- Hospitality and Tourism Management
- Master of Business Administration (MBA)
- Master of Global Affairs (Diplomatiya)
- Master of Public Administration

Ingliz tilini bilish darajasi: IELTS 5.5

Scholarships:

IELTS 5.5 — 30%
IELTS 6.5 — 50%
IELTS 8.0 — 80%

Deadlines:

1-round.
18-Aprelgacha
2-round. 9-23-May
3-round. 7-13-Iyun

Ma’lumot uchun: iroda@sejong.ac.kr

Telegram orqali.

@uzbek_students_korea
9.5K viewsedited  06:32
Ochish/sharhlash
2022-04-08 05:20:27 Chet ellik talabalarga o'qishni o'zi istagan boshqa universitetga ko'chirishga ruxsat berildi.

Shu paytgacha o'qishni boshqa universitetga ko'chirishga ruxsat berilmas edi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan tasdqilangan ba'zi yo'nalishlarga (Asosan Engineering va IT) quyi darajadagi o'qishga (Master'dan bachelor'ga yoki PhD dan Master'ga o'tkazishga) ham ruxsat berildi.

@uzbek_students_korea
10.9K views02:20
Ochish/sharhlash
2022-04-06 04:45:03 D-10 viza olganlarga "arbayt" qilishga ruxsat berildi.

Aprel oyidan D-10 vizasi bilan Koreyada ish qidirayotgalarga haftasiga 30 soatgacha 시간제 취업 soatbay “arbayt” qilishga ruxsat beriladi. Bunda universitetdan alohida ruxsatnoma talab etilmaydi.

D-10 viza bilan part-time ishlash uchun kamida TOPIK 4 yoki KIIP level 4 ga ega bo'lish kerak.

TOPIK 4 yoki KIIP 4 uchun haftasiga 20 soat (dam olish kunlari cheklanmagan) ishlashga ruxsat

TOPIK 5 yoki KIIP 5 uchun haftasiga 30 soat (dam olish kunlari cheklanmagan) ishlashga ruxsat beriladi.

Yuqoridagi talabni bajargan talabalar uchun D-10 viza olishdagi ballik tizimdan ham ozod etiladi.

Ilgari D-10 viza bilan talabalar rasman ishlashiga ruxsat etilmas edi.

@uzbek_students_korea
11.1K viewsedited  01:45
Ochish/sharhlash
2022-04-04 10:56:35
1-apreldan Re-entry permission olish tartibi ham bekor qilindi.

Aprel oyidan Koreyaga bir yil ichida qaytib keladiganlar (F-5 viza uchun 2 yil) Koreyadan chiqib ketishda re-entry olishlari shart emas.

@uzbek_students_korea
8.6K viewsedited  07:56
Ochish/sharhlash