Get Mystery Box with random crypto!

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar insti | Abituriyent Onlayn

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi 275-sonli qarori bilan qishloq xo‘jaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash hamda fan-ta’lim va ishlab chiqarishning integrasiyasini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etildi.

Bu oliygoh Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida tuzildi.

Institutda ta’limning kredit-modul tizimi joriy etilib, unda haftada besh kunlik o‘qish va haftaning shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilanadi.

Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlangan respublika OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

https://t.me/joinchat/AAAAAD-qgW6N4FySV19peg