Get Mystery Box with random crypto!

​​ Yuridik texnikumlar haqida nimalar bilasiz? Respublikam | Abituriyent Onlayn

​​ Yuridik texnikumlar haqida nimalar bilasiz?

Respublikamizda 14 ta yuridik texnikum tashkil etilgan.

Ularda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

davlat huquqiy faoliyat;
yuridik xizmat;
sud-huquqiy faoliyat.

Yuridik texnikumlarga umumiy o‘rta taʼlim (11-sinfni) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.

O‘qishga kirish uchun abituriyentlar hujjatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.

Hujjatlar qabul qilish joriy yilning 25 avgustidan 25 sentyabrgacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.

Yuridik texnikumlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlari test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni TDYUU bakalavriatiga kirish uchun belgilangan talablarga muvofiq bo‘lib o‘tadi.

Xorijiy fuqarolar yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.

Abituriyentlar o‘qishga davlat buyurtmasi, to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

O‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabtinfo