Get Mystery Box with random crypto!

Harbiy mutaxassislar qaysi oliygohlarda tayyorlanadi Oramizd | Abituriyent Onlayn

Harbiy mutaxassislar qaysi oliygohlarda tayyorlanadi

Oramizda harbiy kasb egasi bo‘lish orzusidagi yoshlar ancha ko‘p! Xo‘sh, ushbu kasb egalari qaysi oliygohlarda tayyorlanadi? Javob, hozirgi kunda Respublikamizda 10 dan ortiq oliygohlarda harbiy ofitser-mutaxassislar tayyorlanadi. Ularning ro‘yxati bilan tegishli davlat organlari kesimida quyida tanishishingiz mumkin:

MUDOFAA VAZIRLIGI
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi

DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI
Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi

MILLIY GVARDIYA
Jamoat xavfsizligi universiteti

ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Nukus filiali

FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
Fuqaro muhofazasi instituti (faqat magistratura bosqichi)

DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI
Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti


Harbiy oliy taʼlim muassasalari haqida abt.uz saytimizda batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

P.S. Maʼlumot tarqatayotganizda manbani (@uzabt) ko‘rsating

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi, ishonchli va to‘liq yangiliklar bizning kanalda

https://t.me/joinchat/AAAAAD-qgW6N4FySV19peg