Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR

Telegram kanalining logotibi uz24yangilik — O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR O
Telegram kanalining logotibi uz24yangilik — O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR
Kanal manzili: @uz24yangilik
Toifalar: Savdo
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.39K
Kanalning ta’rifi

🌐Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар, қизиқарли видеолар каналига хуш келибсиз.
Админ : @SodiqDavron

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 24

2023-03-22 18:48:34
Namanganda soxta IIB xodimi qamoqqa olindi.

IIB tomonidan Uychi tumanida yashovchi 1996 yilda tugilgan fuqaro ozini viloyat Ichki ishlar boshqarmasida ishlashini, amakisi esa DXXdagi yuqori lavozimlardan birida faoliyat olib borishini aytib, fuqarolarni aldab kelgani aniqlangan.

U 2022 yilning noyabr oyida bir fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritib qoyishni aytib, 800 AQSh dollari, keyinchalik undan ham yuqori lavozimga ishga otkazishni aytib jami 7600 AQSh dollari pullarni ozlashtirgan. Andijonlik fuqaroni ham yolgon vadalar bilan 300 AQSh dollarga chuv tushirgan.

Firibgar fuqarolarni aldash uchun organ xodimlarining maxsus libosini tiktirib olgani aniqlandi.
Soxta IIB xodimi qilgan ishidan afsuslanganini qayd etgan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi va 28-modda orqali jinoyat ishi qozgatilib, tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda. U qamoqqa olingan
.
 

O‘zbekiston 24
48 views15:48
Ochish/sharhlash
2023-03-22 18:23:57
Актёр ва режиссиёр Санжар Шодиев синглисини турмушга берди

O‘zbekiston 24
46 views15:23
Ochish/sharhlash
2023-03-22 17:01:22 ​​​​ О Г О Ҳ Б Ў Л И Н Г !

ЖАННАТ ЭШИКЛАРИ ОЧИЛМОҚДА.


#Албатта_ўқинг

Юртимиз узра фараҳбахш Рамазон ойи ўзининг файзу футуҳи билан кезмоқда. Мунаввар тонгларда, муазззам шомларда қилинаётган хайрли дуолар диёримизнинг муссаффо осмонидан раҳмат, мағфират ва барака бўлиб ёғилмоқда.
Қуръони каримда батафсил баён қилиб берган: “Эй, имон келтирганлар! Сизлардан олдинги (уммат)ларга фарз қилингани каби сизларга ҳам рўза тутиш фарз қилинди, шояд (у сабабли) тақволи бўлсангиз” (Бақара сураси, 183-оят).

Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадиси қудсийда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам шундай марҳамат қиладилар: “Аллоҳ таоло: “Одам боласининг ҳамма амали – ўзи учун, фақат рўза – Мен учундир ва унинг мукофотини Мен Ўзим берурман”, деди. Рўза – сақловчидир. Қачон қайси бирингиз рўзадор бўлса, фаҳшдан гапирмасин ва бақир-чақир қилмасин. Агар бирортаси у билан сўкишмоқчи бўлса, “Мен рўзадорман” десин. Муҳаммаднинг жони қўлида бўлган Зот ила қасамки, албатта, рўзадорнинг оғзининг ҳиди Аллоҳнинг наздида мушкнинг ҳидидан хушбўйроқдир. Рўзадорга икки марта хурсандчилик бор: бири – ифтор вақтида оғзини очганда ва иккинчиси – қиёмат кунида Роббисига рўбарў бўлганда” (Имом Бухорий ва Имом Муслим ривоят қилган).

Муқаддас динимиздаги барча ибодатларда бандалар Аллоҳнинг олдида баробар туради. Жумладан, рамазони шариф рўзасини тутишда ҳам одамлар бир хил даражада очликни бошдан кечирадилар. Уларнинг ораларидан ё бой, ё мансабдор истисно қилинмайди. Бу борада ҳамма баробар, кучли ва заиф, хос ва омманинг фарқи йўқ.

Имом Ғаззолийнинг “Мукошафатул қулуб” асарида келтирилган бир ҳадиси шарифда шундай марҳамат қиладилар:

“Менинг умматимга беш хислат берилди, бу аввалгиларга берилмаганди:

1. Аллоҳнинг наздида рўзадорнинг оғзидан мушкдан ҳам яхшт ҳид келади.

2. Ифторгача малаклар рўзадор учун истиғфор қиладилар.

3. Бу ойда шайтонлар боғланади.

4.Аллоҳ ҳар куни жаннатни безантиради ва “Солиҳ бандаларим, қалбларидан ёмонлик ва жавобгарликни йўқ қилиш учун шошилинч ҳаракат қилишяпти!” деб буюради.

5. У, ойнинг сўнгги кечасида уларни афв этади.


Аллоҳ таоло бу ойда қиладиган барча ибодату дуоларимизни ва тутадиган рўзаларимизни қабул айласин. Бандачилик қилиб билиб билмай қилган хатоларимизни мағфират айласин.

“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юрти
Ойбек Маърупов.


Бу маълумотни имкон борича бошқаларга ҳам eтказайлик. Аллоҳ рози бўлсин!

САВОБ УМИДИДА ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!! АЛЛОҲ РОЗИ БЎЛСИН!!!
62 viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash
2023-03-22 16:45:50
Falastinliklar Ramazon oyi tinch o‘tishi va Isroil provokatsiyalariga yo‘l qo‘yilmasligiga umid qilmoqda

Bosqin ostidagi Sharqiy Quddusdagi falastinliklar musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi tinch nishonlanishiga umid bildirmoqda, biroq Isroil tomonidan ehtimoliy provokatsiyalardan xavotirda.

Ramazon kunlarida Islom ziyoratgohlaridan biri – Al-Aqso masjidiga mo‘minlar oqimi ko‘paymoqda. Butun oy davomida Quddusning tarixiy qismiga tashrif buyuruvchilar musulmonlar o'z uylari va do'konlarini yoritish uchun foydalanadigan yoritgichlar bilan kutib olinadi.

Al-Aqso masjidi hududida, xususan, Eski shahardagi Damashq darvozasida bayramona muhit hukm surmoqda, yarmarkalar o'tkazilmoqda.

Shu bilan birga, Damashq darvozasi hududi uzoq yillardan beri tinch va qurolsiz falastinliklarga qarshi tez-tez kuch ishlatadigan Isroil xavfsizlik kuchlarining ko‘p sonli provokatsiyalariga sahna bo‘ldi.
Kuchlanish ehtimoli bilan bog'liq holda, yahudiylarning muqaddas Fisih bayramining boshlanishi Ramazon oyining o'rtalariga to'g'ri kelishi alohida tashvish uyg'otadi.

Shuningdek, aqidaparast yahudiy ko‘chmanchilarning Isroil politsiyasi hamrohligida Al-Aqso masjidiga bostirib kirishga chaqirishlari ham tashvish uyg‘otadi.

Falastin maʼmuriyati va xalqaro hamjamiyat yahudiy koʻchmanchilarni Al-Aqso masjidi yaqinida, jumladan musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyida boʻladigan provokatsiyalardan ogohlantiradi.

Falastinliklarning qoʻrquvi, jumladan, Isroil Milliy xavfsizlik vaziri – oʻta oʻngchi siyosatchi Itamar Ben-Gvirning bayonotlari fonida kuchaymoqda.

Avvalroq Isroil politsiyasi Ramazon oyida Quddusga qo‘shimcha kuchlar kiritilishini ma’lum qilgandi.

Shu bilan birga, Isroil politsiyasi Al-Aqso masjidi hududida aqidaparast yahudiy ko‘chmanchilarga nisbatan hech qanday cheklov e’lon qilmadi.


O‘zbekiston 24
45 views13:45
Ochish/sharhlash
2023-03-22 16:26:51
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuh qadrdonlarim. InshaAllah yaqin kunlarda Yurtimizga Roʻzayi Ramazon kirib keladi. Sizlarni kirip kelayotgan Ramazon oyi bilan tabriklayman. Xonadoningizga tinchlik xotirjamlik fayzu baraka sogʻlik salomatlik baxt va omad mexr muxabbat tilab qolaman.Ibodatlaringizni Robbil Alamin uz dargohida qabul aylasin.Agar bilmay sizni ranjitgan boʻlsam dilingizni ogʻritgan boʻlsam meni Alloh uchun kechiring. Alloh subhanahu va taolo kechirguvchi bandalarini sevadi. Alloh taolo bizlarni kechirsin Ramazon oyi bizlarga Raxmat va Magʻfirat oyi boʻlsin. Alloh taolo bizlardan rozi boʻlsin. Ramazon oyi barchangizga muborak boʻlsin.

O‘zbekiston 24
41 viewsedited  13:26
Ochish/sharhlash
2023-03-22 16:07:53
Ro‘zadorlar qanday taomlanishi zarur?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ro‘zadorlar uchun sog‘lom ovqatlanish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga amal qilib, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish, qon bosimi va organizmdagi xolesterin miqdorini pasaytirishga erishish mumkin.
Xususan:

Kunduzi havo harorati yuqori bo‘lgan paytda salqin va soya joylarda qolish hamda quyoshda uzoq yurmaslik tavsiya etiladi;

iftorlik va saharlik oralig‘ida ko‘p miqdorda suv ichish maqsadga muvofiq, chunki kunduzi havo harorati yuqori bo‘lishi ko‘p ter ajralishiga sabab bo‘ladi.

Shu bois kun davomida yo‘qotilgan suyuqlik o‘rnini qoplash ehtiyoji yuzaga keladi. Buning uchun esa kamida 10 stakan suv ichish tavsiya etiladi.

Sersuv mahsulotlar tanovul qilish orqali ham bu me’yorni qisman qoplash mumkin. Masalan, saharlik paytida yoki iftorlikdan keyin dessert sifatida ho‘l mevalardan yeyish foydali.

“Achiq-chuchuk” salati tarkibidagi bodring va pomidor ham sersuv ne’matlar hisoblanadi.

Sho‘rva yoki sabzavotli salatlar singari suvga boy taomlarni ham iste’mol qilish mumkin.

Tarkibida kofein mavjud bo‘lgan kofe, choy, kola kabi ichimliklardan voz kechib turgan ma’qul. Chunki bu modda inson organizmida suv miqdori kamayishi (degidrasiya)ga olib keladi.

Shuningdek, gazlangan shakarli ichimliklar kaloriyaga boy bo‘lishini esdan chiqarmaslik zarur.

Kun davomida juda ko‘p harakat qilish organizmning ko‘p miqdorda suv yo‘qotishiga olib keladi. Qisqa muddatli sayr yoki chigalyozdi mashqlari sizni tonusda ushlab turishi mumkin. Ammo kun bo‘yi harakatsiz o‘tirish ham tavsiya qilinmaydi.


O‘zbekiston 24
38 views13:07
Ochish/sharhlash
2023-03-22 14:44:46
Bugundan O‘zbekistondagi barcha masjidlarda tarovih namozini o‘qish boshlanadi

Bugun, 22-mart kuni O‘zbekistondagi barcha masjidlarda tarovih namozini o‘qish boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabar berdi.
Tarovih namozi vaqti Toshkent shahri masjidlarida soat 20:45 dan boshlanadi.
Hududlarda namoz vaqtlaridagi farqlanishdan kelib chiqib, masjidlarda tarovih namozini ushbu vaqtga nisbatan belgilash tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha 21-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorni imzolagan edi. Unga ko‘ra, 2023-yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 23-mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.



O‘zbekiston 24
38 views11:44
Ochish/sharhlash
2023-03-22 14:40:57
Аёллар ибодатига хос масалалар» мавзусидаги ушбу қўлланма муқаддас Ислом динига ихлоси баланд ҳанафийлик мазҳабидаги аёллар фойдаланиши учун тайёрланди. Албатта, аёл покиза, иймон-эътиқодли бўлса, оилада фарзандлар ҳам иймон-эътиқодли қилиб тарбияланади. Натижада оила ва бутун бир жамият аъзолари иймон-эътиқодли бўладилар.

1+1=3

Нархи: 107.000 сўм

БУЮРТМА БЕРИШ

https://100k.uz/oqim/221616

https://100k.uz/oqim/221616



ЎЗБЕКИСТОН БЎЙЛАБ ЕТКАЗИБ БЕРИШ МУТЛОҚО БЕПУЛ.
34 views11:40
Ochish/sharhlash
2023-03-22 14:25:34
Кечаги зилзиладан

Синфдошлар неча ой деганда энди байрам бахона йиғлишган экан, ярим соат ҳам ўтиришмабди. Насиб қимаган экан

O‘zbekiston 24
33 views11:25
Ochish/sharhlash
2023-03-22 14:09:11
Buxoroda OIV yuqtirgan ayol bir necha erkak bilan qasddan jinsiy aloqada bo‘lib kelayotgani aniqlandi

Buxoro viloyatida OIV infeksiyasini yuqtirgan ayol o‘zining kasalligini bila turib bir nechta shaxslar bilan jinsiy aloqada bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 21 yoshli Q.S. Andijon viloyati Marhamat tumanida doimiy ro‘yxatda turib, Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida vaqtincha ijarada yashab kelgan. U 2018-yil 18-may kunidan Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan.

Ayol boshqa shaxslarga OIV infeksiyasini yuqtirgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida tegishli tartibda ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay, shu yilning 12-mart kunidan 13-mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Romitan tumani hududida joylashgan cho‘l zonasida Romitan tumanida yashovchi, 3 nafar fuqaro bilan birga bir necha marotaba jinsiy aloqada bo‘lgan.

“U o‘zida OIV infeksiyasi borligini oldindan bilgan holda ushbu kasallikni boshqa shaxslarga yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir qilgan”,– deyiladi xabarda.

Hozirgi kunda ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.


O‘zbekiston 24
33 views11:09
Ochish/sharhlash