Get Mystery Box with random crypto!

Bugundan O‘zbekistondagi barcha masjidlarda tarovih namozini o | O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR

Bugundan O‘zbekistondagi barcha masjidlarda tarovih namozini o‘qish boshlanadi

Bugun, 22-mart kuni O‘zbekistondagi barcha masjidlarda tarovih namozini o‘qish boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabar berdi.
Tarovih namozi vaqti Toshkent shahri masjidlarida soat 20:45 dan boshlanadi.
Hududlarda namoz vaqtlaridagi farqlanishdan kelib chiqib, masjidlarda tarovih namozini ushbu vaqtga nisbatan belgilash tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha 21-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorni imzolagan edi. Unga ko‘ra, 2023-yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 23-mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.



O‘zbekiston 24