Get Mystery Box with random crypto!

Buxoroda OIV yuqtirgan ayol bir necha erkak bilan qasddan jins | O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR

Buxoroda OIV yuqtirgan ayol bir necha erkak bilan qasddan jinsiy aloqada bo‘lib kelayotgani aniqlandi

Buxoro viloyatida OIV infeksiyasini yuqtirgan ayol o‘zining kasalligini bila turib bir nechta shaxslar bilan jinsiy aloqada bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 21 yoshli Q.S. Andijon viloyati Marhamat tumanida doimiy ro‘yxatda turib, Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida vaqtincha ijarada yashab kelgan. U 2018-yil 18-may kunidan Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan.

Ayol boshqa shaxslarga OIV infeksiyasini yuqtirgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida tegishli tartibda ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay, shu yilning 12-mart kunidan 13-mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Romitan tumani hududida joylashgan cho‘l zonasida Romitan tumanida yashovchi, 3 nafar fuqaro bilan birga bir necha marotaba jinsiy aloqada bo‘lgan.

“U o‘zida OIV infeksiyasi borligini oldindan bilgan holda ushbu kasallikni boshqa shaxslarga yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir qilgan”,– deyiladi xabarda.

Hozirgi kunda ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.


O‘zbekiston 24