Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR

Telegram kanalining logotibi uz24yangilik — O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR O
Telegram kanalining logotibi uz24yangilik — O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR
Kanal manzili: @uz24yangilik
Toifalar: Savdo
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.39K
Kanalning ta’rifi

🌐Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар, қизиқарли видеолар каналига хуш келибсиз.
Админ : @SodiqDavron

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 20

2023-03-26 10:25:45
Қойил_лекин | видеони яхшилаб кўринг...

Барча чарчоқлардан халос бўлиб, тунда мириқиб ором олишни хоҳлайсизми?

EMS оёқ массажёри — қон айланишини яхшилаш учун паст частотали инновацион импульсдан фойдаланади.

6 та режимда ишлайди;
9 хил даражага эга;
тугулган лимфа томирларни кенгайтиради;
барча оёқлар учун мост келади.

Ёши катта онахон ва отахонлар учун жуда фойдали маҳсулот!

Нархи 149.000 сўм


Буюртма бериш

https://100k.uz/oqim/202402

https://100k.uz/oqim/202402

Ўзбекистон бўйлаб етказиб бериш бепул
39 views07:25
Ochish/sharhlash
2023-03-26 10:25:04
AQSHga halokatli tornado yopirildi

AQSHning Missisipi va Alabama shtatlarida halokatli tornado oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Milliy jamoatchilik radiosi.

Qayd etilishicha, shamolning tezligi soatiga 129 kilometrga yetgan, talafotdan jabr ko‘rgan hududlarga yomg‘ir va katta do‘l yog‘gan. Shuningdek, yuzlab binolar vayron bo‘lgan, minglab uylar elektr energiyasiz qolgan.

Missisipi gubernatori Teyt Rivz favqulodda holat e’lon qildi. U AQSH prezidenti Jo Bayden bilan suhbatlashgan va davlat rahbari bo‘rondan so‘ng federal hukumatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni taklif qilgan. Qutqaruv ishlariga yordam berish uchun favqulodda vaziyatlar xodimlari hamda resurslar shtatga yuborilgan.

Milliy ob-havo xizmati ma’lum qilishicha, zarar ko‘rgan hududlarga jiddiy ob-havo tahdidi shanba oqshomiga qadar davom etgan, yakshanba kuni yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Umuman olganda, tornado taxminan 250 kilometr hududga cho‘zilgan va bir soatdan ko‘proq davom etgan. “
PowerOutage.us” ma’lumotlariga ko‘ra Missisipi, Alabama va Tennessi shtatlarida 40 mingdan ortiq aholi elektr energiyasidan mahrum bo‘lgan.

Eslatib o‘tish mumkin, 2022-yil aprel oyida AQSHning Florida shtatida sodir bo‘lgan “Ian” to‘foni kamida 77 kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi.


@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!
38 views07:25
Ochish/sharhlash
2023-03-26 10:14:12
Ҳиндистонда одамлар бўлган аттракцион 15 метр баландликдан қулаб тушди.

Ҳодиса оқибатида аттракционда бўлган 20 дан ортиқ одам жабрланган.

@UZ24YANGILIK- энг тезкор хабарлар каналига обуна бўлинг!
37 views07:14
Ochish/sharhlash
2023-03-26 08:56:19
27-martdan 15-aprelgacha bir qator yo‘lovchi poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Islom Karimov nomidagi aeroportni Bobur ko‘chasi bilan bog‘lovchi ko’prikda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2023-yilning 27-mart sanasidan 15-aprel sanasiga qadar ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Quyida harakat vaqti o'zgaradigan poyezdlar ro'yxati keltirilgan:
– 780-sonli “Toshkent – Qarshi” yo‘nalishi
Toshkent 06:57 – Qarshi 10:21;
– 779-sonli “Qarshi – Toshkent” yo‘nalishi
Qarshi 15:25 – Toshkent 18:56;
– 762-sonli “Toshkent – Buxoro” yo‘nalishi
Toshkent 07:25 – Buxoro 11:17;
– 760-sonli “Toshkent – Qarshi” yo‘nalishi
Toshkent 07:57 – Qarshi 11:21;
– 758-sonli “Toshkent – Shahrisabz” yo‘nalishi
Toshkent 07:57 – Shahrisabz 12:26;
– 764-sonli “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishi
Toshkent 08:20 – Samarqand 10:43;
– 770-sonli “Toshkent – Buxoro” yo‘nalishi
Toshkent 08:56 – Buxoro 12:48;
– 768-sonli “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishi
Toshkent 13:37 – Samarqand 15:48;
– 766-sonli “Toshkent – Buxoro” yo‘nalishi
Toshkent 18:42 – Buxoro 22:36;
– 10-sonli “Toshkent – Buxoro” yo‘nalishi
Toshkent 09:06 – Buxoro 15:07;
– 60-sonli “Toshkent – Andijon” yo‘nalishi
Toshkent 08:02 – Andijon 13:56;
– 61-sonli “Andijon – Toshkent” yo‘nalishi
Andijon 05:57 – Toshkent 12:15;
– 12-sonli “Toshkent – Buxoro” yo‘nalishi
Toshkent 18:57 – Buxoro 01:44;
– 124-sonli “Toshkent – Volgograd” yo‘nalishi
Toshkent 23:55 – Volgograd 09:56;
– 123-sonli “Volgograd – Toshkent” yo‘nalishi
Volgograd 19:59 – Toshkent 07:16;
– 302-sonli “Toshkent – Dushanbe” yo‘nalishi
Toshkent 16:18 – Dushanbe 10:39;
– 6429-sonli “Toshkent – Xojikent” yo‘nalishi har shanba va yakshanba
Toshkent 07:14 – Xojikent 08:55;
– 6429-sonli “Toshkent – Xojikent” yo‘nalishi
Toshkent 07:14 – Xojikent 09:25;
– 6409-sonli “Angren – Toshkent” yo‘nalishi
Angren 04:30 – Toshkent 07:13.


@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!
12 views05:56
Ochish/sharhlash
2023-03-25 18:28:07
Oltiariqda giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganlar aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida 2023-yil 15-mart kuni, tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Povulgʻon mahalla hududida yashovchi M.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, mehmonga kelgan B.J.ning egnidagi sport kiyimi choʻntagidan, “gashish” giyohvandlik moddalari, u bilan birga kelgan F.N.ning boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasi orqa oʻrindigʻidan, “gashish” giyohvandlik moddalari saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!
52 views15:28
Ochish/sharhlash
2023-03-25 18:26:01
Javohir Zokirovning Facebook’dagi sahifasi xakerlar hujumiga uchradi

@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!
47 views15:26
Ochish/sharhlash
2023-03-25 05:37:45
Афғонистонда қор ёғди

Ижтимоий тармоқларда Афғонистоннинг Ғазни вилоятида қор ёғгани тасвирланган суратлар тарқалди.

@UZ24YANGILIK- энг тезкор хабарлар каналига обуна бўлинг!
41 views02:37
Ochish/sharhlash
2023-03-24 20:12:59
#Диққат

Яқин кунларда Ўзбекистонда кучли зилзилалар бўлиш эҳтимоли йўқ.

Бугун яна зилзила рўй берадими? Ижтимоий тармоқларда шу каби хабарлар тарқалди. Фавқулодда вазиятлар вазирлиги бу асоссиз эканини маълум қилди.

«Бугунги кунда зилзиланинг вақти ва жойини аниқ белгилаб берувчи технология йўқлигини эслатиб ўтамиз», дейилади расмий хабарда.


@UZ24YANGILIK- энг тезкор хабарлар каналига обуна бўлинг!
53 views17:12
Ochish/sharhlash
2023-03-24 20:08:33
Samarqandda oltin qazib olish uchun sharoit yaratib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.H. boshqa bir fuqaro F.D.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida “Qoraqo‘ton" tog‘ida oltin qazib olishi uchun sharoit yaratib berishi evaziga 1 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!
46 views17:08
Ochish/sharhlash
2023-03-24 19:37:07
Poliklinikaga chiqqanlar va ZAGSdan o'tib ko'rganlar yaxshi tushunadigan holat

@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!
45 views16:37
Ochish/sharhlash