Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR

Telegram kanalining logotibi uz24yangilik — O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR O
Telegram kanalining logotibi uz24yangilik — O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR
Kanal manzili: @uz24yangilik
Toifalar: Savdo
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.39K
Kanalning ta’rifi

🌐Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар, қизиқарли видеолар каналига хуш келибсиз.
Админ : @SodiqDavron

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-04-03 14:48:06

Ўзбекистон бўйлаб 3-апрель куни соат 20:00 дан 23:00 га қадар жала ёмғирлари бўлиши кутилмоқда

«Ўзгидромет» директори Шерзодхўжа Ҳабибуллаевнинг хабар беришича, фақат Нукус, Урганч ва Андижон шаҳарларида ёғингарчилик кузатилмайди.

@UZ24YANGILIK- энг тезкор хабарлар каналига обуна бўлинг!
48 views11:48
Ochish/sharhlash
2023-04-03 14:43:59
O'zbekistonda "Tutukon Neo" preparatini iste’mol qilmaslik tavsiya qilindi

Bunga nima sabab bo‘lgani ochiqlandi.

Ispaniyaning "Dori vositalari va tibbiy buyumlar agentlig" (AEMPS) qaroriga binoan, Ispaniyaning Labaratorio Miquel Y Garriga Inc, S.L. korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Tutukon Neo ichish uchun eritma 250 ml" (flakonlarda) dori preparatining "Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)" talablari buzilgan holda ishlab chiqarilgani aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi" yuqoridagi ma’lumotga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan quyidagi: R-049, R-050, R-051, R-078, R-080, R-222, R-236, R-081, R-124, R-204, R-205, R-206, R-218, R-219, R-220, R-221, R-223, R-224, R-225 seriyalarini farmasevtika bozoridan muomaladan qaytarib olinayotganini ma’lum qildi.


@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!
50 views11:43
Ochish/sharhlash
2023-04-03 14:32:25


Шошилинч хабар: Ўзбекистонликлар яна бир хавфли дори ҳақида огоҳлантирди

Ўзбекистон Соғлиқни сақлаш вазирлиги аҳолини Испанияда ишлаб чиқарилган ТУТУКОН НЕО препаратининг хавфлилиги ҳақида огоҳлантирди.  Препарат талабларни бузган ҳолда ишлаб чиқарилган.

Бу ҳақда ота-онангизни огоҳлантиринг.  Ушбу дори соғлиқ учун жуда хавфли бўлиши мумкин.

Хабарни тарқатинг.

@UZ24YANGILIK- энг тезкор хабарлар каналига обуна бўлинг!
74 views11:32
Ochish/sharhlash
2023-04-03 14:28:00
Jizzaxda bosh arxitektor o‘z joniga qasd qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Baxmal tumani hududida yashovchi fuqaro, tajribali arxitektor o‘z joniga qasd qilganligi to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi. 

Xabarlar yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

Unda qayd etilishicha, Baxmal tumani qurilish bo‘limi boshlig‘i, bosh arxitektor Sh.B.ning o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan 2023-yil 13-mart kuni O`zbekiston Respublikasi JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvi tayinlangan.
Shuningdek, holat yuzasidan tegishli idoralarga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!
48 views11:28
Ochish/sharhlash
2023-04-03 13:12:01
Kamchatkada 6,9 magnitudali zilzila yuz berdi

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!
53 views10:12
Ochish/sharhlash
2023-04-03 10:01:03
#Ана_холос

"Open budjet"га 3 та овозга битта
товуқ


Жонини бериб "Опен бюджет" га  овоз йиғиб юрганларга жўнатинг

Ҳа айтганча ушбу бот
Open бюжет ҳар бир овоз учун 10000 сўмдан пул тўлаётган экан

@UZ24YANGILIK- энг тезкор хабарлар каналига обуна бўлинг!
61 views07:01
Ochish/sharhlash
2023-04-03 09:56:23
Sevara Nazarxonning qizalog’i Imonga atalgan syurprizi Qizaloqning reaksiyasiga qarang

@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!
57 views06:56
Ochish/sharhlash
2023-04-03 09:53:37
Roʻzadorlar uchun taom tayyorlashda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan Ramazon oyida sogʻlom ovqatlanish boʻyicha eʼlon qilingan tavsiyalar saharlik va iftorlik uchun taom tayyorlashga doir maslahatlarni ham oʻz ichiga oladi.

Jumladan, yogʻli mahsulotlar, ayniqsa, charvi yoki quyruqli goʻsht, qatlamali, yogʻ/margarin yoki sariyogʻ qoʻshilgan xamirdan tayyorlangan taomlar isteʼmolini kamaytirish tavsiya etilgan.

Masalliqlarni qovurish oʻrniga, ovqat tayyorlashning boshqa, masalan, bugʻda, sousda pishirish, kam miqdordagi yogʻda qovurib, pechda qizartirish kabi usullaridan foydalanish taʼkidlangan.

Shuningdek, tarkibiga meʼyordan ortiq tuz qoʻshilgan oziq-ovqatlar sosiska, kolbasa, dudlangan, qayta ishlangan va tuzlangan goʻsht, baliq mahsulotlari, zaytun mevasi, shoʻr bodring, tuzli pishloqlar, gazaklar, mayonez, ketchup va xantal qoʻshilgan salatlar, souslar isteʼmol qilmaslik qatʼiy tavsiya etilgan.

Ovqat tayyorlashda tuzdan iloji boricha kamroq foydalanish va tuzdonni stol ustidan panaga olib qoʻyish tavsiya etiladi.

Taʼkidlanishicha, pishirilayotgan taomlar taʼmini yaxshilash uchun turli oʻt va ziravorlardan foydalanish maqsadga muvofiq.


@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!
56 views06:53
Ochish/sharhlash
2023-04-03 06:49:50
ТОП–10 бош оғриғини оладиган маҳсулотлар

1. Ёнғоқлар, айниқса писта
2. Ширин қора чой ёки минерал сув
3. Зиғир уруғи ёки мойи
4. Занжабил (имбирь) илдизи
5. Тарвуз
6. Қовун
7. Картошка
8. Йогурт (қўшимчаларсиз)
9. Шпинат
10. Ёғли балиқни қизил ёки оқ сорти.

Боши кўп оғрийдиган танишларга юборинг

@UZ24YANGILIK- энг тезкор хабарлар каналига обуна бўлинг!
27 views03:49
Ochish/sharhlash
2023-04-03 06:45:47
Shahzoda Muhammedovaning Umra safari taassurotlari

“Shuncha dunyo kezibmanu lek ammo Makkayu Madinadek sakinat va xalovat baxtini his etmagan ekanman hech bir musofirlikda !Ramazonda tarovix namozlarining fayzi boshqacha ekan, ayniqsa jamoat bilan uzoq muddat o’qiganda! Har kuni shoshilib joynamozimizni to’shashga joy topa olmay yugurib joy qidirishlarimizning gashti boshqacha ekan,iftorlikka odamlar yegulik tarqatib ehson qilishlarini fayzi boshqacha ekan”

@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!
26 views03:45
Ochish/sharhlash