Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekistonda 'Tutukon Neo' preparatini iste’mol qilmaslik tav | O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR

O'zbekistonda "Tutukon Neo" preparatini iste’mol qilmaslik tavsiya qilindi

Bunga nima sabab bo‘lgani ochiqlandi.

Ispaniyaning "Dori vositalari va tibbiy buyumlar agentlig" (AEMPS) qaroriga binoan, Ispaniyaning Labaratorio Miquel Y Garriga Inc, S.L. korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Tutukon Neo ichish uchun eritma 250 ml" (flakonlarda) dori preparatining "Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)" talablari buzilgan holda ishlab chiqarilgani aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi" yuqoridagi ma’lumotga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan quyidagi: R-049, R-050, R-051, R-078, R-080, R-222, R-236, R-081, R-124, R-204, R-205, R-206, R-218, R-219, R-220, R-221, R-223, R-224, R-225 seriyalarini farmasevtika bozoridan muomaladan qaytarib olinayotganini ma’lum qildi.


@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!