Get Mystery Box with random crypto!

Roʻzadorlar uchun taom tayyorlashda nimalarga eʼtibor berish k | O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR

Roʻzadorlar uchun taom tayyorlashda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan Ramazon oyida sogʻlom ovqatlanish boʻyicha eʼlon qilingan tavsiyalar saharlik va iftorlik uchun taom tayyorlashga doir maslahatlarni ham oʻz ichiga oladi.

Jumladan, yogʻli mahsulotlar, ayniqsa, charvi yoki quyruqli goʻsht, qatlamali, yogʻ/margarin yoki sariyogʻ qoʻshilgan xamirdan tayyorlangan taomlar isteʼmolini kamaytirish tavsiya etilgan.

Masalliqlarni qovurish oʻrniga, ovqat tayyorlashning boshqa, masalan, bugʻda, sousda pishirish, kam miqdordagi yogʻda qovurib, pechda qizartirish kabi usullaridan foydalanish taʼkidlangan.

Shuningdek, tarkibiga meʼyordan ortiq tuz qoʻshilgan oziq-ovqatlar sosiska, kolbasa, dudlangan, qayta ishlangan va tuzlangan goʻsht, baliq mahsulotlari, zaytun mevasi, shoʻr bodring, tuzli pishloqlar, gazaklar, mayonez, ketchup va xantal qoʻshilgan salatlar, souslar isteʼmol qilmaslik qatʼiy tavsiya etilgan.

Ovqat tayyorlashda tuzdan iloji boricha kamroq foydalanish va tuzdonni stol ustidan panaga olib qoʻyish tavsiya etiladi.

Taʼkidlanishicha, pishirilayotgan taomlar taʼmini yaxshilash uchun turli oʻt va ziravorlardan foydalanish maqsadga muvofiq.


@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!