Get Mystery Box with random crypto!

Jizzaxda bosh arxitektor o‘z joniga qasd qildi Ijtimoiy tarmo | O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR

Jizzaxda bosh arxitektor o‘z joniga qasd qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Baxmal tumani hududida yashovchi fuqaro, tajribali arxitektor o‘z joniga qasd qilganligi to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi. 

Xabarlar yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

Unda qayd etilishicha, Baxmal tumani qurilish bo‘limi boshlig‘i, bosh arxitektor Sh.B.ning o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan 2023-yil 13-mart kuni O`zbekiston Respublikasi JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvi tayinlangan.
Shuningdek, holat yuzasidan tegishli idoralarga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!