Get Mystery Box with random crypto!

Uyqumashguloti

Telegram kanalining logotibi uyqumashguloti — Uyqumashguloti U
Telegram kanalining logotibi uyqumashguloti — Uyqumashguloti
Kanal manzili: @uyqumashguloti
Toifalar: Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.34K
Kanalning ta’rifi

Mashg'ulot haqida toʻliq ma'lumot: @uyqu_manager
Yana bir kanalimiz: @Saranjom_beka

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 51

2022-10-30 08:18:02
Sizdan kelgan fikrlar

BIZGA 3kun vaqt bering.
TEBRATMANG!!
FARZANDINGIZ O'ZI UXLAY OLADI.
Bizga qo'shiling, qolganini biz o'rgatamiz.

"Orom_uyqu" kursimizga qabul ochiq.
Murojaat uchun: @uyqu_manager

@uyqumashguloti
6.1K views05:18
Ochish/sharhlash
2022-10-29 07:48:25
Supper yangilik

Faqatgina 5 kun NODIRA ADHAMOVA bilan birgalikda bolajoningizning birinchi mustaqil uyqusini offlayn tarzida o'tkazish imkoniyati

Toshkent shahrida
31.10.22dan 04.11.22gacha
dushanba
seshanba
chorshanba
payshanba
juma kunlari...
Har bir onamiz bilan 1 kun offlayn, ya'ni sizning uyingizda birgalikda ishlash, farzandingizni mustaqil uyquga o'rgatishni dastlabki bosqichlarini birgalikda bajarish imkoniyatiga ega bo'lgan ta'rif ishlab chiqdik.

Joylar soni chegaralangan, har bir kun uchun 1 nafar, ya'ni umumiy 5 nafar Onajonni qabul qilamiz.

Xohlovchi Onajonlar : @UYQU_MANAGER ga murojaat qiling.
Uyimda mashg'ulot o'tkazmoqchiman, deb yozsangiz, savol javob qilamiz va ma'qul bo'lsa bo'sh kunimizga Sizni yozib qo'yamiz
6.8K viewsedited  04:48
Ochish/sharhlash
2022-10-28 20:04:44
"Orom uyqu" kursiga qatnashgan onalarimiz ko'pmi yoki qatnashmaganlar aniqlimiz.
Anonymous Poll
10%
Qatnashdim albatta
31%
Qatnashmadim yaqinda qatnashmoqchiman.
59%
Yoq qatnashmadim
2.3K voters6.4K views17:04
Ochish/sharhlash
2022-10-28 08:20:27
Aziz Onajonlar, aksariyatingiz bu preparatlar bilan tanishsiz. Ayniqsa, uyqusi kam bolajonlarning onalari allaqachon bularni qo'llab ko'rgan bo'lsalar kerak.
Aynan siz Azizlar uchun mana shu ma'lumotlarni ilindim. O'qing va xulosa qiling.
Lekin bir narsani aytib o'tmasam bo'lmaydi : farzandingizning yaxshi uxlashi ichun dorilar shart emas. Ularga tinch uyqu muhiti va oyiga yoxud yoshiga mos uyqu rejimi kerak. Qolganini biz bilan o'rganing!

@uyqumashguloti
7.4K views05:20
Ochish/sharhlash
2022-10-28 04:01:41 Siesta haqida eshitganmisiz?
Siesta bu - tushlik(obed)dan keyingi uyqu. Siestaning foydalari haqida juda ko'pchilik bilsa kerak. Yevropa va Lotin Amerikasida, xatto ishlarda ham hodimlar uchun tushdan keyingi uyqu kun rejasiga kiritilgan. Bejizga bu uyquni "qayta jonlanturuvchi uyqu" deyishmaydi. Ekaperimentlar shuni ko'rsatadiki, tushlikdan keyingi uyqu organizm tonusini oshiradi va ishchanlik layoqatini yanada kuchaytiradi.

Onalarga bu uyqu suv va havodek zarur!!! Yosh bolali onajonlar, axir sizga qayta kuchga to'lish va ishchanlik layoqatini yana kuchaytirish zarar qilmasa kerak. O'zingizga tushdan keyin bolajoningiz bilan biroz bo'lsada dam olishga ruhsat bering. Ayniqsa, tuni bilan bir necha marta bolani oziqlantirishga turadigan Onalar, bu uyqu siz uchun ayni muddao.

Biz, odatda, onalarga kunduzi uxlashni maslahat beramiz. Sabab :
- uyquchanlikni yengish, ishchanlik layoqatini oshirish va tungi uyqu vaqtigacha charchamasdan, tik oyoqda yetib olish uchun.
- bolaning har bir xarakatiga ogohlikni yo'qotmaslik uchun.
- o'z emotsiyalaringizni, asosan, asablaringizni nazoratda ushlashingiz uchun
- kechki maromiga yetmagan uyqu o'rnini oz bo'lasada to'ldiriah uchun.
Lekin, har narsaning ozi shirin bo'lganidek, bu uyquning ham ko'pi ziyon. Tadqiqotlat shuni ko'rsatadiki, kunduzgi uyqu vaqti 20 minut bo'lishi shart. Uzog'i, mayli 30 minut, deylik. Lekin undan ko'p uxlash, 1-2 soatlab yotish organizmni uyqudan so'ng uyquchan qilib qo'yadi va yana uyquga tortadi.

@uyqumashguloti
7.4K views01:01
Ochish/sharhlash
2022-10-26 09:09:02
до и после

@uyqumashguloti
8.0K viewsedited  06:09
Ochish/sharhlash
2022-10-26 08:26:19
Sizdan kelgan fikrlar

Dunyoni tinchlik qutqaradi...
Bilasizmi yosh bolasi bor onaning dunyosi nima? Albatta, farzandi
Lekin mana shu "dunyocha" ha deganda tinchiyvermaydi-da Qachonki bolakay uxlasa, onaning "dunyosi" tinchiydi.
Sizning "dunyo"yingizga ham tinchlik kerakmi? Unda, bizga bog'laning

Biz bilan bu juda oson
Keling, ko'ring va "tinchlik"ka erishing.
"Orom uyqu" kursi haqida malumot olish uchun:
@uyqu_manager ga murojat qilishingiz mumkin.

@uyqumashguloti
7.8K views05:26
Ochish/sharhlash
2022-10-25 14:14:31 Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!
Avvalo, bunday post yozayotganim uchun uzr so’rayman. Lekin bugungi ba'zi bir ko’ngilsiz holatdan so’ng yozishim kerakligini angladim.

Ko’pchilikka ayon, bizni kursimiz bir oy va bola katta bo’lgani sari 3-4 oygacha foydalana oladigan qilib ishlab chiqilgan. Buni mashg’ulot avvalida aytib o’tamiz doim. Lekin shunga qaramay, ba'zida onalarimiz shug’ullanishni keyinga surishadi, lekin bu noto'g'ri! To'lov qilingan kunni ertasidanoq mashg'ulotni boshlashingiz kerak bo’ladi. Faqatgina bitta istisno bo'ladi, biz keyinroq boshlaysiz, desakgina keyin boshlaysiz.

Yana bir masala, reklamalarda va kanaldagi ko’plab postlarimizda aytilgan mana bu “ 3 kunlik sabr va qat’iyat”so’zlariga ko’zingiz tushgan bo’lsa kerak. Bu so’zni asl ma’nosini ham tushunmayotganlar bor bo’lishi mumkinligi haqida o’ylab ko’rmagan ekanmiz. Lekin ,afsuski, katta auditoriyaga qo’pol va madanyatsizlik ila yozishlik insonni qo’rqitadi. Shu sababli biz iloji boricha yumshoq va odob doirasida yozishga harakat qilamiz. Bugun bu chegaralardan biroz chiqmoqdamiz. Yuqoridagi so’zni mohiyatiga kelsak, biz bunda nima demoqchi bo’lganmiz? Programmada bola rejimga tushib olguniga qadar 3 kun yig’laydigan va injiqlik qiladigan holatlar mavjud. Albatta, bunday bo’lishi tabiiy. Chunki bu dori emaski, bola indamay uxlab qolsa, yoki gipnos emaski, bola ertaklardagiday ko'zini yumib oromga ketsa!
Shuning uchun, 3 kun rejimga tushib olgunicha yig’laydi, injiqlik qiladi va qaysarlik ham qilishi mumkin. Aynan shu uchun sabr va qat’iyat so’raladi Siz onalardan! Shu orada bolaga ko’proq e’tibor ham kerak bo’ladi, uzog’i 2-3 hafta bola uchun u bilan birgalikda harakat qilishingiz kerak. Inshaalloh, ozgina qiyinchiliklar ortidan ko’plab yengilliklarni qarshi olasiz.

Bundan tashqari, ko'plab onalarimiz bizning mashg'ulotimizning asl mohiyatiga tushunmay, shoshqaloqlik bilan to'lov qilib qo'yishadi. Tabiiyki, biz to'lovdan so'ng ularni mashg'ulotimizda qatnashayotgan onalar guruhiga qo'shib qo'yamiz. Lekin mashg'ulotimizning qonun-qoidalari ma'qul kelmasa yoki yana qandaydur tushunmovchiliklar bo'lsa, onalar bizdan to'lovni qaytarib berishimizni talab qilishadi. Hurmatli onajonlar, bu sizga kinoteatr zali emasku, bir bosh suqib, film yoqmasa, qaytib chiqib ketadigan. Iltimos, mana shunday noodatiy talablarni ham to'xtatsangiz. Yuqorida aytib o'tganimdek, bu mashg'ulotimizning formati keng, bu yerda faqatgina mening mehnatim emas. Qo'l ostimda bir nechta qizlar ishlaydi, ularning mehnatini ham munosib baholashim shart. Qisqa qilib aytganda, to'lov qaytarib berilmaydi. Iltimos, boshqalar mehnatini ham qadrlang!

Va yana, narx masalasi - individual masala, birovning cho’ntagini hisoblash - odobsizlik, bu uchun kimgadir hisob berish mas’uliyatim yo’q. Qiyinchilik hammada bo’ladi, hammani o’ziga yarasha muammosi bor. Men boy oiladan chiqmaganman, boy oilaga kelin ham bo’lmaganman, qo’limda ishchi qizlarim bor, reklama va marketinga yaxshigina pul sarflayman.

Shu kungacha to’plangan gaplarni post qilib chiqardim. To’g’ri tushundingiz degan umiddaman.
Ohirgacha o’qiganingiz uchun tashakkur!

Muhabbat bilan Nodira Adhamova
8.2K viewsedited  11:14
Ochish/sharhlash
2022-10-25 10:42:01
Aniq sizda ham shunaqa boʻlgan

Bola nafas olishga qiynalayapdimikan deb uyqingizda ham oʻylab chiqqanmisiz?

@uyqumashguloti
8.8K views07:42
Ochish/sharhlash
2022-10-24 07:50:18
Sizdan kelgan fikrlar

Uyqusiz tunlar, beshik tebratishlar, oyoqda chayqatishlar, qo'lda ovutishlar, oxirgi umidingiz bo'lgan tinchlantiruvchi uyqu dorilar...

Yuqoridagi vositalarning birortasi farzandingizga orom uyqu bera olmaydi, Onajonlar.

Ishoning, bularsiz ham bolajoningizni uxlata olasiz.
Biz bilan bog'laning...

Murojaat uchun: @uyqu_manager

@uyqumashguloti
9.9K views04:50
Ochish/sharhlash