Get Mystery Box with random crypto!

Ataylab qilishmagan. Kimdir sizni gavjum joyda turtib ketsa, | Usmonxon Mavlonov || Blog

Ataylab qilishmagan.

Kimdir sizni gavjum joyda turtib ketsa, ataylab qilgan bo’lmaydi.

Kimdir moshinada sizning yo’lingizni qisib qo’ysa ham ataylab emas. U ertalab sizning yo’lingizni qisib o’taman deb ko’chaga chiqmagan.

Bular shunchaki tasodif yoki omadsizlik.

Dunyo sizga qarshi emas.

Odamlar qiladigan ishlarning aksariyati xato bo’ladi va bu tabiiy hol. Siz esa ana shu xatolardan qaysidir biriga to’g’ri kelib qolgan bo’lishingiz mumkin.

Agar siz odamlar ataylab manga qarshi ish qilishadi deb o’ylasangiz, boshqattan o’ylab ko’ring.
Manba