Get Mystery Box with random crypto!

Siz qaysidir sohada zo’r bo’lmoqchisiz. Odatiy fikrlash qanaqa | Usmonxon Mavlonov || Blog

Siz qaysidir sohada zo’r bo’lmoqchisiz. Odatiy fikrlash qanaqa bo’lishi mumkin:

- Sohadagi eng zo’r bilimni olaman;
- Eng zo’r apparatlarni ishlataman;
- Eng yaxshi tajribalardan foydalanaman

Agar noodatiy o’ylaganingizda qanday bo’lardi:

- Shu sohada nima qilsam, aniq kasodga uchrayman? Shu haqida o’ylasangiz sizda nechtadir yomon ishlarning ro’yxati chiqadi.(o’g’rilik, dangasalik, yolg’on va’dasida turmaslik)

Shulardan uzoq bo’lsangiz, ertami kechmi o’sha sohada natijaga erishasiz.

Muammolarga bunday yondashish yoki o’ylash inversiya deb nomlanadi. Teskarisidan kelish degan ma’noni beradi. Muammoni yechishni oxiridan boshlashni tavsiya beradi.

P.S: hal bo'lmayotgan muammoyingiz bormi? Teskarisiga o'ylab ko'ring, balki foyda berar