Get Mystery Box with random crypto!

O’sish chiziqli emas Hozirgi qilayotgan ishingizdan 10x nati | Usmonxon Mavlonov || Blog

O’sish chiziqli emas

Hozirgi qilayotgan ishingizdan 10x natija olmoqchi bo’lsangiz, shunchaki hozir qilayotgan ishingizni 10 marta ko’proq bajarish foyda bermaydi.

Jismoniy kuch, bilim yoki vaqt yetmaydi.

Siz endi boshqacha ishlashingiz kerak.

Boshqacha ishlash nima?

Boshqacha ishlash esa hozirgi qilayotgan ishingizda

- odamni
- jarayonni
- yoki modelni o’zgartirishni talab qiladi.

Deylik siz bironta xizmat ko’rsatish bilan shug’ullansangiz, o’n baravar ko’p ishlolmaysiz. Bunga na jismoniy kuch, na vaqtingiz yetmaydi. Oldingizdagi yo’llar:

1. Natijani oshirish uchun mijozni o’zgartirasiz. Oldingi mijozlaringizdan boshqa xarakteristikadagi mijozlarni qabul qilish orqali foydani oshirish mumkin. Oldin startaplarga yoki yakka tadbirkorlarga xizmat ko’rsatilgan bo’lsa, endi korporativ mijozlarga xizmat ko’rsatiladi. Ish hajmi bir xil, natija o’zgarishi mumkin.

2. Jarayonni o’zgartirasiz. Bir o’zingiz emas, jamoa bilan ishlashni boshlaysiz. O’zingiz 3 ta proyekt bitirgan bo’lsangiz, 10 kishilik jamoa bilan 50ta proyekt bitirasiz. Natija 10x.

3. Oldin mijozlarga alohida personal e’tibor berilib, maxsus yechim ishlab chiqilayotgan bo’lsa, xizmatingiz sotilayotgan bo’lsa, endi shablonlar sotishni boshlaysiz. Bunda model o’zgaradi.
Natija ham disproporsional o’sishni boshlashi mumkin.