Get Mystery Box with random crypto!

Oson erishildi degani u narsa qiymatsiz degani emas Biz biror | Usmonxon Mavlonov || Blog

Oson erishildi degani u narsa qiymatsiz degani emas

Biz biror narsaga oson erishsak, uning qadri bizning ko'z oldimizda ozgina pastdek ko'rinadi. Garchi u boshqalar uchun juda qimmatli bo'lsa ham.

Ba'zilarga berilgan ne'mat borki, ular yangi narsani tez o'rgana olishadi. Ba'zi ishlarni qilish ularga juda oson.
Misol uchun kimgadir narsa o'rgatish, xodimlarni boshqarish, muzokara o'tkazish. Bu ko'nikmalar ularda nisbatan oson shakllangani uchun ular o'zlaridagi qobiliyatlarni unchalik nazarga ilmasliklari mumkin. Vaholanki qolganlar uchun bu ishlar juda qiyin tuyulishi mumkin.

Bu holat nima uchun yozildi?

O'zimizdagi qobiliyatlarga e'tibor berish uchun. Biz nimada kuchli bo'lsak, o'sha narsani osonlik bilan bajaramiz. Osonlik bilan bajarganimiz uchun esa, u qobiliyatga e'tibor bermaymiz.

O'zimizdagi eng kuchli qobiliyatni bilish uchun osonlikcha bajaradigan ishlarimizga qarash kerak.