Get Mystery Box with random crypto!

Zamonaviy daftar bilan tanishamiz IT sohasi juda keng sohalar | Universal IT kanali

Zamonaviy daftar bilan tanishamiz

IT sohasi juda keng sohalardan biri. Siz doim o'rganishda izlanishda bo'lishingiz kerak, aks holda vaqti kelib kompyuter ishlatishni bilmasligi uchun ishga kira olmayotgan yoki ishdan bo'shashiga to'g'ri kelayotgan insonlarga o'xshab qolasiz.

Takrorlash bilimning onasi deganlaridek doimiy o'rganishdan tashqari bilimlarni mustahkamlab borish, ularni takrorlash ham biz uchun muhim. Yangi bilimlarni "zamonaviy daftar" ga yozib borish bizga yanada qulaylik tug'diradi.

Men zamonaviy daftar deb nomlagan dastur bu "Notion" dasturidir. Ushbu dastur orqali siz o'zingizga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni yozib borishingiz va ularni istalgan qurilma orqali o'zgartirishingiz va yangi ma'lumotlarni qo'shishingiz mumkin. Dastur imkoniyatlari juda keng va foydalanish uchun qulay.

Notion dasturi bilan ishlashni quyidagi havola orqali o'zbek tilida yoki ushbu havola orqali ingliz tilida o'rganib olishingiz mumkin.

@universal_IT