Get Mystery Box with random crypto!

Noutbukni 'zaryadka' ga ulab ishlatish qanchalik foydali yoki | Universal IT kanali

Noutbukni "zaryadka" ga ulab ishlatish qanchalik foydali yoki zararli?

Ushbu postni boshlashdan oldin noutbuk ishlatish bo'yicha 5 yillik tajribam borligini va turli usullarni sinab ko'rganimni aytib o'tishim kerak.

Noutbukning ustun jihatlaridan biri bu uning batareyasi borligida, ammo noutbukning ham turli xarakteristikaga ega bo'lganlari bor. Misol uchun agar sizning noutbukingiz o'rtacha bo'lsa uning batareya quvvati uzoqroq muddatga yetishi mumkin aksincha kuchli noutbuk ishlatsangiz batareya quvvati uzoq muddatga yetmaydi sababi kuchli noutbuklar ko'p quvvat sarflaydi.

Batareyaning molekulalarigacha kirib bormasdan oddiygina qilib aytadigan bo'lsam, siz noutbukni ishlatish uchun olgansiz va undan foydalanib yaxshi bilimlarni egallang. Bir necha yuz ming so'm turadigan batareya uchun kuyunmang va qimmatli vaqtingizni batareya to'lishini kutish bilan o'tkazmang. Quvvat tugadimi, quvvat manbaiga ulang, quvvatlanib bo'ldimi quvvatdan uzib qo'ying.

Ha aytgancha kuchliroq noutbuklar quvvat manbaiga ulanganida tezroq va yaxshiroq ishlaydi.

P.S: Bu postning stol kompyuteri ishlatadiganlarga aloqasi yo'q, sizlarga mazza, bu haqida o'ylab ham o'tirmaysiz lar

@universal_it