Get Mystery Box with random crypto!

Mohira Nurullayeva

Telegram kanalining logotibi umumjahonmatbuotkotibi — Mohira Nurullayeva M
Telegram kanalining logotibi umumjahonmatbuotkotibi — Mohira Nurullayeva
Kanal manzili: @umumjahonmatbuotkotibi
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 67

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2020-05-12 16:22:41 24-mayga qadar fuqarolarni xorijdan olib kelish boʻyicha charter reyslar roʻyxati eʼlon qilindi

CHARTER REYSLAR JADVALI:

13-may
Toshkent — Istanbul — Toshkent 7:40

14-may
Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent 8:35

15-may
Toshkent — Dehli — Toshkent 12:00

16-may
Toshkent — Rostov-Don — Toshkent 11:00

17-may
Toshkent — Qozon — Toshkent 11:00

18-may
Toshkent — Moskva — Toshkent 7:20

19-may
Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent 8:35

20-may
Toshkent — Moskva — Toshkent 7:20

21-may
Toshkent — Istanbul — Toshkent 7:40

22-may
Toshkent — London — Toshkent 14:00

23-may
Toshkent — Novosibirsk — Toshkent 13:00

24-may
Toshkent — Sharja — Toshkent 11:00



Amalga oshiriladigan parvozlarga diplomatik vakolatxonalar hamda konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar roʻyxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va fuqarolar ushbu roʻyxat asosida havo kemasi bortiga kiritiladi.

Roʻyxatga birinchi navbatda kasal yoki bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qoʻyiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin boʻladi.

Kanalga obuna boʻlish
https://t.me/umumjahonmatbuotkotibi
764 views13:22
Ochish/sharhlash
2020-05-11 18:20:23 Frankfurt shahridan charter reys orqali 168 nafar yurtdoshimizning kelishi kutilmoqda

11-may kuni Frankfurt shahridan charter reys orqali 168 nafar yurtdoshimizning kelishi kutilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bugungi kunga qadar Dubay, Minsk, Seul va Dehli shaharlaridan 800 dan ortiq hamyurtlarimiz charter reyslar orqali vatanimizga olib kelindi va 14 kunlik karantinga joylashtirildi.

Respublika Maxsus komissiyasi tomonidan hamyurtlarimizni boshqa davlatlardan vatanga qaytarish uchun aviareyslar tashkil etish bo’yicha ish olib borilmoqda.

Kanalga obuna boʻlish
https://t.me/umumjahonmatbuotkotibi
406 viewsedited  15:20
Ochish/sharhlash
2020-05-11 15:26:02 KOREYADAGI VATANDOSHLAR SARDOBA UCHUN XAYRIYA QILISHDI

Koreyadagi vatandoshlar Sardoba suv omborida yuz bergan ofatdan zarar koʻrgan oilalarga yordam koʻrsatish uchun 26 ming dollar xayriya qilishdi.

Bundan avval, 4-may kuni Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz tomonidan qilingan 18,000 AQSH dollaridan ortiq miqdordagi xayriya O`zbekistoning Koreyadagi elchixonasi ko`magida “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga oʻtkazilgan edi.

Endilikda Koreya Respublikasida vaqtincha mehnat faoliyati olib borayotgan yurtdoshlarimiz ushbu xayriya ishini davom ettirib, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan ofatdan zarar koʻrgan oilalarga yordam koʻrsatish maqsadida 26 ming dollardan ziyod mablagʻ toʻplashdi hamda xayriya tushumlari “Mehr-shafqat va salomatlik” jamgʻarmasiga oʻtkazib berildi.

Kanalga obuna boʻlish
https://t.me/umumjahonmatbuotkotibi
383 viewsedited  12:26
Ochish/sharhlash
2020-05-09 16:45:55 Belorussiyada mushkul vaziyatda qolgan vatandoshlar Vatanga qaytarilmoqda

Minsk shahridan hozirgina 150 nafar fuqarolarimiz tashkil etilgan maxsus charter reys Toshkentga qarab yoʻl oldi.

Bu haqda Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Belorussiyadagi vakili Abrorjon Rahmonov maʼlum qildi.

10-may kuni “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi tomonidan Toshkent – Dehli – Toshkent havo yoʻnalishi orqali maxsus (charter) reys tashkil etiladi. Shuningdek, yana 10-may kuni Toshkent-Seul-Toshkent yoʻnalishida charter reys qoʻyilishi kutilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, 8-may kuni BAAdan vatandoshlarni olib kelish uchun charter reys tashkil etildi.

Eslatib oʻtamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-may kungi videoselektor yigʻilishida Oʻzbekistonga qayta olmagan 11 mingga yaqin xorijdagi vatandoshlarni Rossiya, Turkiya, Dubay va boshqa joylardan olib kelinishini aytgan edi.

Kanalga obuna boʻlish
https://t.me/umumjahonmatbuotkotibi
988 views13:45
Ochish/sharhlash
2020-05-09 15:57:43
Yaponiyadagi vatandoshlar Sardoba uchun xayriya qilishdi

Yaponiyadagi bir guruh vatandoshlarimiz Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan falokatdan so‘ng suv toshqinidan jabr ko‘rgan vatandoshlarga yordam berish maqsadida 2-may kuni “Sardoba uchun yordam” shiori ostida xayriya aksiyasi boshlashgan edi.

Toʻplanayotgan mablagʻlarning birinchi qismini jamlab, 2200 AQSh dollari miqdoridagi mablagʻni Sirdaryodagi vakilimiz, Abdulloh Musayev orqali, uysiz qolgan, ofatdan aziyat chekkan hamyurtlarimizga yetkazildi va bu ishlar ayni damda ham davom ettirilmoqda.

Batafsil: http://wayu.uz/site/news-page?id=257

Kanalga obuna boʻlish
https://t.me/umumjahonmatbuotkotibi
761 views12:57
Ochish/sharhlash