Get Mystery Box with random crypto!

KOREYADAGI VATANDOSHLAR SARDOBA UCHUN XAYRIYA QILISHDI Korey | Mohira Nurullayeva

KOREYADAGI VATANDOSHLAR SARDOBA UCHUN XAYRIYA QILISHDI

Koreyadagi vatandoshlar Sardoba suv omborida yuz bergan ofatdan zarar koʻrgan oilalarga yordam koʻrsatish uchun 26 ming dollar xayriya qilishdi.

Bundan avval, 4-may kuni Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz tomonidan qilingan 18,000 AQSH dollaridan ortiq miqdordagi xayriya O`zbekistoning Koreyadagi elchixonasi ko`magida “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga oʻtkazilgan edi.

Endilikda Koreya Respublikasida vaqtincha mehnat faoliyati olib borayotgan yurtdoshlarimiz ushbu xayriya ishini davom ettirib, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan ofatdan zarar koʻrgan oilalarga yordam koʻrsatish maqsadida 26 ming dollardan ziyod mablagʻ toʻplashdi hamda xayriya tushumlari “Mehr-shafqat va salomatlik” jamgʻarmasiga oʻtkazib berildi.

Kanalga obuna boʻlish
https://t.me/umumjahonmatbuotkotibi