Get Mystery Box with random crypto!

Frankfurt shahridan charter reys orqali 168 nafar yurtdoshimiz | Mohira Nurullayeva

Frankfurt shahridan charter reys orqali 168 nafar yurtdoshimizning kelishi kutilmoqda

11-may kuni Frankfurt shahridan charter reys orqali 168 nafar yurtdoshimizning kelishi kutilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bugungi kunga qadar Dubay, Minsk, Seul va Dehli shaharlaridan 800 dan ortiq hamyurtlarimiz charter reyslar orqali vatanimizga olib kelindi va 14 kunlik karantinga joylashtirildi.

Respublika Maxsus komissiyasi tomonidan hamyurtlarimizni boshqa davlatlardan vatanga qaytarish uchun aviareyslar tashkil etish bo’yicha ish olib borilmoqda.

Kanalga obuna boʻlish
https://t.me/umumjahonmatbuotkotibi