Get Mystery Box with random crypto!

UFCBOXUZ

Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ U
Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ
Kanal manzili: @ufcboxuz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.17K
Kanalning ta’rifi

Zo‘ri bo‘lishga emas, sifatlisi bo‘lishga harakat qilamiz. 👉 @Murojaat12_bot
©Shaxsiy blog

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 248

2022-04-24 20:08:35
Shohjahon Ergashev AQShdagi mashg‘ulotlardan so‘ng sparring janglarida ham qatnashmoqda

@UFCBOXUZ
24.4K views17:08
Ochish/sharhlash
2022-04-24 18:35:03
Fyuri vs Uayt: Kim qancha gonorar oldi?

Tayson Fyuri ushbu jangdan 33,6 mln dollar gonorarga ega bo‘lgan. Dillian Uaytning gonorari esa 7,4 mln dollarni tashkil etgan.

Shuningdek, Fyuri g‘alaba uchun 4,1 mln dollar bonusga ham ega bo‘lgan.

@UFCBOXUZ
28.4K views15:35
Ochish/sharhlash
2022-04-24 17:50:35
Devid Hey: “Tayson Fyuri qaytadi”

“Birinchi raunddanoq o‘zim xohlagan narsani ko‘rmadim. Uaytga harakatchanlik yetishmadi.

Fyuri esa boksdan to‘yganga o‘xshamadi. Unga yana bitta jang kerak. U Entoni Joshua yoki Usikka qarshi jangda favorit bo‘lardi. Bu bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan so‘nggi jang.

Bu g‘alaba Fyuriga xotirjamlik uchun vaqt beradi. Biroq u qaytadi, yana ringga chiqadi”, — deydi Hey.

@UFCBOXUZ
28.8K views14:50
Ochish/sharhlash
2022-04-24 17:50:14
РАДАРГА ТУШИБ ЗЕРИКТИНГИЗМИ?

Энди жарима тўламайсиз

Биз сизга "NEOLINE 4300" моделини тақдим этамиз.

Бу радар детектори бугунги кунда маълум бўлган барча диапазонларда ишлайди.
Ҳар қандай йўл ҳаракати қоидаларида ўрнатилган асбобларни аниқлайди. Ҳатто, яшириш технологияси ўрнатилган бўлса ҳам.
Радар детектори сигнал ва дисплейда камерага бўлган масофа ва унинг тури ҳақида маълумот беради.

кун катта 50% чегирмали акция кетмоқда! Улгуриб қолинг!

Эски нарҳи: 1.780.000 сўм

Акция нарҳи: 920.000 сўм

Ўзбекистон бўйлаб бепул етказиб берамиз. Тўловни маҳсулотни қўлингизга олганда қиласиз.
Buyurtma berish
https://100k.uz/oqim/104627

https://100k.uz/oqim/104627
28.8K views14:50
Ochish/sharhlash
2022-04-24 01:41:51
Frensis Ngannu ham shu yerda edi

UFC’ning og‘ir vazn toifasidagi chempioni Frensis Ngannu Fyuri—Uayt jangini “Uembli”da kuzatib bordi va jangdan so‘ng ringda ham ko‘rinish berdi.

“Biz Yer sayyorasidagi eng zo‘r mahluq kimligini aniqlash harakatidamiz”, — dedi Ngannu.

Endi mabodo-da: Fyuri bilan Ngannu jang qilib qolsa, kim yutadi deb o‘ylaysiz?

Fyuri “yoradi” →
Ngannu “sochvoradi” →
Hamma o‘z ishini qilgani yaxshi →

@UFCBOXUZ
13.6K views22:41
Ochish/sharhlash
2022-04-24 01:35:03
Tayson Fyuri bokschilik faoliyatini tugatganini e’lon qildi

“Men ringga boshqa qaytmasligim haqida rafiqamga so‘z berganman. Muxlislarim, sizlarni yaxshi ko‘raman. Sizlarga katta rahmat! “Uembli”da, sizlarning qarshingizda, jang qilish menga manzur bo‘ldi”, — dedi Tayson Fyuri jangdan so‘ng bergan intervyusida.

@UFCBOXUZ
13.8K views22:35
Ochish/sharhlash
2022-04-24 00:59:04“Lo‘lilar qiroli”dan super nokaut!

@UFCBOXUZ
17.2K views21:59
Ochish/sharhlash
2022-04-24 00:48:26
Nokautgacha va undan keyin

Fyuri hozirda og‘ir vazn toifasida tengsiz ekanligini yana bir bor isbotladi.

@UFCBOXUZ
15.4K views21:48
Ochish/sharhlash
2022-04-24 00:45:40
Tayson Fyuri 6-raundda Dillian Uaytni nokautga uchratdi va chempionlik kamarini himoya qildi

Prof boksning og‘ir vazn toifasida (+91 kg) WBC chempioni Tayson Fyuri (32-0-1, 23 KO) o‘zining navbatdagi jangini majburiy da’vogar Dillian Uaytga (28-3, 19 KO) qarshi o‘tkazdi.

12 raundlik jang 6-raundda yakuniga yetdi. Fyurining apperkot zarbasidan so‘ng Uayt chuqur nokaut holatiga tushdi.

Bu g‘alaba orqali Fyuri WBC chempionlik kamarini himoya qildi.

@UFCBOXUZ
15.6K views21:45
Ochish/sharhlash
2022-04-23 18:05:29
Muhammad Mokayevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

UFC’da debyut jangida raqibini 58 soniya ichida mag‘lub etgan asli dog‘istonlik Muhammad Mokayev promoushendagi 2-jangini 23-iyulda Londonda o‘tkazadi.

Unga bu jangda LFA chempioni Charlz Jonson raqiblik qiladi.

Qayd etish kerak, 21 yoshli Mokayev ayni damda UFC’ning eng kelajagi porloq jangchilaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. U 20-mart kuni UFC‘dagi debyut jangida Kodi Dyordenni mag‘lub etgandi.

@UFCBOXUZ
27.7K views15:05
Ochish/sharhlash