Get Mystery Box with random crypto!

UFCBOXUZ

Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ U
Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ
Kanal manzili: @ufcboxuz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.17K
Kanalning ta’rifi

Zo‘ri bo‘lishga emas, sifatlisi bo‘lishga harakat qilamiz. 👉 @Murojaat12_bot
©Shaxsiy blog

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 247

2022-04-27 14:27:15
7-mayda Kanelo—Bivol boks oqshomida ringga chiqadigan Elnur Abduraimov va 10-iyunda navbatdagi jangini o‘tkazadigan Bahodir Jalolov birgalikda mashg‘ulotlarni olib bormoqda

@UFCBOXUZ
28.6K views11:27
Ochish/sharhlash
2022-04-27 09:02:45
Murodjon Ahmadaliyevning Ronni Riosga qarshi jangi sanasi tasdiqlandi

Murodjon statistikasi: 10-0, 7 KO
Rios statistikasi: 33-3, 16 KO
Jang sanasi: 2022-yil 25-iyun
Joy: Texas (AQSH)

Jang DAZN platformasi orqali jonli efirda namoyish etiladi.

@UFCBOXUZ
33.2K views06:02
Ochish/sharhlash
2022-04-26 15:03:18
O‘zbekistonlik prof bokschilarning navbatdagi janglari sanalari bitta sahifada

29-aprel

Fyodor Chudinov (25-2-1, 17 KO) vs Azizbek Abdug‘ofurov (13-1, 5 KO)

7-may

Shahram G‘iyosov
(12-0, 9 KO) vs Kristian Gomes (22-2-1, 20 KO)

Elnur Abduraimov (8-0, 7 KO) vs Manuel Korrea (11-0, 7 KO)

26-may

Shohjahon Ergashev
(21-0, 19 KO) vs Issuf Kinda (18-5, 7 KO)

10-iyun

Bahodir Jalolov
(10-0, 10 KO) vs Jek Mulovayi (11-2-1, 7 KO)

@UFCBOXUZ
28.9K views12:03
Ochish/sharhlash
2022-04-26 12:43:30
Frensis Ngannu UFC bilan yangi shartnoma bo‘yicha shartini ma’lum qildi

“Tayson Fyuri bilan jang kelishuvimizning bir qismi bo‘lishi kerak. Busiz UFC bilan hech qanday shartnoma bo‘lmaydi”, — dedi Frensis Ngannu.

@UFCBOXUZ
30.4K views09:43
Ochish/sharhlash
2022-04-26 11:28:25
“Hisobni toping” loyihasi!

“Manchester Siti”—“Real Madrid” 4:3

Afsuski, mazkur viktorinada hech qaysi obunachi hisobni to‘g‘ri topa olmadi.
32.1K viewsedited  08:28
Ochish/sharhlash
2022-04-26 09:20:29 Nega dahshatli jang deganimizni esa ular o‘rtasidagi birinchi jangni ko‘rganlar juda yaxshi tushunadi

Ko‘rmaganlar bo‘lsa, ushbu jangni ko‘rishni tavsiya qilamiz.



32.2K views06:20
Ochish/sharhlash
2022-04-26 09:16:28
UFC 275: Yana bir dahshatli jang tasdiqlandi

12-iyunda Singapur mezbonlik qiladigan UFC 275 turnirining asosiy kardidan o‘rin olgan yana bir jang tasdiqlandi.

Xitoylik Veyli Jang (21-3) va polshalik Yoanna Yenjeychik (16-4) o‘rtasida revansh jangi tashkil etiladigan bo‘ldi.

Ular o‘rtasidagi birinchi jang 2020-yil martida bo‘lib o‘tgan va unda xitoylik sportchi raqibini ochkolar evaziga mag‘lub etgandi.

@UFCBOXUZ
32.7K views06:16
Ochish/sharhlash
2022-04-25 15:05:01
Tayson Fyurning Dillian Uaytga qarshi jangdan olgan “soqqa”sini hisoblaymiz

33 600 000 dollar = 6 raund

Raundiga → 5,6 mln dollar
Daqiqasiga → 1,9 mln dollar
Soniyasiga → 31 100 dollar

Har bir zarbasi → 442 100 dollar

Endi biz birovning cho‘ntagidagi pulni hisoblashni yaxshi ko‘ramiz-da

@UFCBOXUZ
39.5K views12:05
Ochish/sharhlash
2022-04-25 13:02:17
UFC prezidenti Konor Makgregorning 2022-yil kuzida oktagonga qaytishi mumkinligini ma’lum qildi

“Hozir menda uning uchun hech narsa yo‘q. Chunki u hozir tayyormas. Ammo yozda hammasi o‘zgarib ketishi mumkin.

U qachon jang qilishga tayyor bo‘lishini esa ko‘ramiz. Qachonki, shifokorlar unga jang qilish uchun 100 foiz ruxsat bersa, biz raqib izlashni boshlaymiz.

Agar hammasi yaxshi ketsa, erta kuzda u jang qilishi mumkin”, — deydi Uayt.

@UFCBOXUZ
36.6K views10:02
Ochish/sharhlash
2022-04-25 07:07:05
Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

Prof boksning superyengil vazn toifasi (-63,5 kg) vakili Shohjahon Ergashev (21-0, 19 KO) o‘zining navbatdagi jangini 26-mayda AQSHda o‘tkazadi.

8 raundga mo‘ljallangan bu jangda Ergashevga burkina fasolik Issuf Kinda (18-5, 7 KO) raqiblik qiladi.

Jang Salita Promotions tomonidan tashkillashtirilgan boks oqshomi doirasida Ford Community Center (Michigan, AQSH) arenasida o‘tkaziladi.

@UFCBOXUZ
38.4K views04:07
Ochish/sharhlash