Get Mystery Box with random crypto!

UFCBOXUZ

Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ U
Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ
Kanal manzili: @ufcboxuz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.17K
Kanalning ta’rifi

Zo‘ri bo‘lishga emas, sifatlisi bo‘lishga harakat qilamiz. 👉 @Murojaat12_bot
©Shaxsiy blog

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 244

2022-05-01 19:01:46
Нега маймунлар шер боласини ўғирлашади?

Aфрика саванналарида кўплаб табиатшунос олимларни ҳайратга солувчи воқеа кузатилган. У ерда яшовчи бабуин маймунлари доимий равишда янги туғилган шер болаларини ўғирлашга ҳаракат қилишади! Ҳаттоки бу вазифани бажариш учун улар махсус гуруҳ ҳам ташкил қилишар экан.

Бу ҳолат табиатшунос тадқиқотчиларни жуда ҳам қизиқтириб қўйди. Ахир қандай қилиб маймунлар қўрқмай бундай хавфли йиртқичнинг, яна "Ҳайвонлар қироли" деб ном олган ҳайвоннинг боласини ўғирлашлари мумкин?

Аниқланишича бу маймунлар..
24.6K views16:01
Ochish/sharhlash
2022-05-01 17:37:01
Muhammad Alining nevarasi Ali Uolsh raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

Niko Ali Uolsh (5-0, 4 KO) o‘zining navbatdagi jangiga Alexandro Ibarraga (7-2, 2 KO) qarshi o‘tkazdi.

Jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Alining kuchli zarbasidan keyin Ibarra o‘rnidan tura olmadi.

Jang videosini bu yerda tomosha qilish mumkin.

@UFCBOXUZ
26.9K viewsedited  14:37
Ochish/sharhlash
2022-05-01 15:16:00
UFC Vegas 53 musobaqasining bonus egalari ma’lum bo‘ldi

Eng yaxshi jang:
Marlon Vera — Rob Font

Kechadagi eng yaxshi ishtirok: Joanderson Britu va Fransisko Figeredo.

Ushbu jangchilarning har biri gonoraridan tashqari 50 ming dollardan oladi. Font vazn meyorini bajara olmagani uchun uning bonusi ham Veraga o‘tadi.

@UFCBOXUZ
29.0K views12:16
Ochish/sharhlash
2022-05-01 12:23:00
Elnur Abduraimov harakat qiladigan vazn toifasida ikkita chempionlik kamari birlashtirildi

AQSHda kechgan boks oqshomida super yarim yengil (-59 kg) vazn toifasida WBO kamari sohibi Shakur Stivenson (18-0, 9 KO) WBC chempioni Oskar Valdesga (30-1, 23 KO) bahs olib bordi.

To‘liq 12 raund davom etgan jangda Stivenson ochkolar evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi — 117:110, 118:109, 118:109. Shu tariqa AQSh vakili WBO va WBC kamarlari egasiga aylandi.

Mazkur divizionda o‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov (8-0, 7 KO) harakat qiladi. Elnur o‘zining navbatdagi jangini 7-may oqshomida Manuel Korreaga (11-0, 7 KO) qarshi o‘tkazadi.

@UFCBOXUZ
31.3K views09:23
Ochish/sharhlash
2022-05-01 08:30:08
UFC Vegas 53: Asosiy kard natijalari

Marlon Vera
ochkolar evaziga Rob Fontni mag‘lub etdi;

Andrey Orlovski ochkolar hisobiga Jeyk Kolyerdan ustun keldi;

Joanderson Britu 1-raundda Andre Filini nokautga uchratdi;

Grant Douson 3-raundda sabmishen bilan Jared Gordonni yutdi;

Darren Elkins ochkolar evaziga Tristan Konnellini yengdi;

Kshishtof Yotko ochkolar evaziga Jerald Mirshertni yutdi.

@UFCBOXUZ
32.2K views05:30
Ochish/sharhlash
2022-05-01 08:26:00
UFC Vegas 53: Prelim kard natijalari

Aleksandr Romanov
1-raundda sabmishen orqali Chiz Shermanni taslim etdi;

Fransisko Figeredo 1-raundda Daniel Lecherdani og‘ritish usuli bilan yutdi;

Gabriel Grin 2-raundda Yoan Leynissni nokautga uchratdi;

Natan Levi ochkolar evaziga Mayk Bridendan ustun keldi;

Shenna Yang 2-raunddagi texnik nokaut evaziga Gina Mazanini yengdi.

@UFCBOXUZ
31.9K views05:26
Ochish/sharhlash
2022-04-30 15:14:26
UFC Vegas 53: Font vs Vera

1-may erta tongda UFC o‘zining navbatdagi turnirini o‘tkazadi.

Asosiy kard:
Rob Font—Marlon Vera
Andrey Orlovski—Jeyk Kolyer
Andre Fili—Joanderson Britu
Jared Gordon—Grant Douson
Darren Elkins—Tristan Konnelli
Kshishtof Yotko—Jerald Mirshert

Prelim kard
Aleksandr Romanov—Chiz Sherman
Daniel Lecherda—Fransisko Figeredo
Gabriel Grin—Yoan Leyniss
Natan Levi—Mayk Briden
Gina Mazani—Shenna Yang
Tasuro Taira—Karlos Kandelario

@UFCBOXUZ
35.5K views12:14
Ochish/sharhlash
2022-04-30 11:43:39
Azizbek Abdug‘ofurov rossiyalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

Prof boksning super o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan Azizbek Abdug‘ofurov (14-1, 5 KO) 29-aprel tunida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Rossiyaning Krasnogorsk shahrida bo‘lib o‘tgan jangda unga rossiyalik Fyodor Chudinov (25-3-1, 17 KO) raqib bo‘ldi. To‘liq 10 raund davom etgan jangda hakamlar g‘oliblikni Abdug‘ofurovga berdi.

Jang videosi

@UFCBOXUZ
36.4K views08:43
Ochish/sharhlash
2022-04-29 22:52:15
“Kamaru Usmon zo‘r jangchi, biroq yengilmas emas” — Jorj Sen-Pyer

“Kamaru o‘z divizionida hozir eng yaxshisi, bunga menda shak-shubha yo‘q. Biroq bu uning yengilmas ekanligini anglatmaydi. Chempion bo‘lish qiyin, uni saqlab qolish esa o‘ta og‘ir. Usmon ham bu fikrimga qo‘shilishiga ishonaman.

Biroq unga yetarlicha muammo tug‘dira oladigan yigitlar bor. Masalan, Hamzat Chimayev va Leon Edvards”, — deydi UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Jorj Sen-Pyer.

@UFCBOXUZ
16.6K views19:52
Ochish/sharhlash
2022-04-29 19:32:02
Taysonning “pik” vaqtidagi himoyasi ham havas qiladigan darajada edi

@UFCBOXUZ
26.8K views16:32
Ochish/sharhlash