Get Mystery Box with random crypto!

UFCBOXUZ

Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ U
Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ
Kanal manzili: @ufcboxuz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.17K
Kanalning ta’rifi

Zo‘ri bo‘lishga emas, sifatlisi bo‘lishga harakat qilamiz. 👉 @Murojaat12_bot
©Shaxsiy blog

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 243

2022-05-04 08:14:56
Pyotr Yan qachon navbatdagi jangini o‘tkazadi?

UFC sobiq chempioni Pyotr Yanning menejeri Sayat Abdurahmonovga ko‘ra, rossiyalik sportchi avgust—sentabr oylarida jang qilishga tayyor bo‘ladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pyotrning oktabrda jang qilish ehtimoli yuqori. Sabab UFC oktabrda Abu Dabida o‘zining navbatdagi raqamli turnirini o‘tkazadi.

@UFCBOXUZ
29.9K views05:14
Ochish/sharhlash
2022-05-04 08:14:52
Yozga tayyorgarlik ko'ring!

PRIZMA — Maishiy texnika va elektronika do'konlar tarmog'i sifatli mahsulotlarni qulay muddatli to'lovga taklif etadi.

PRIZMA do'konidan onlayn xarid qiling!
Yetkazib berish mutlaqo Bepul.

Muddatli to'lov 12 oygacha
Pasport va Plastik karta kifoya

1 yilgacha Kafolat | 2% gacha Keshbek
Konditsioner
| Basseyn | Ventilyator

Televizor | Sovutgich | Mikroto'lqinli pechlar

Uydan chiqmasdan buyurtma bering
+998555002222 | www.prizma.uz

Qo'ng'iroq qiling va Aksiyalardan foydalanishga ulguring.

Telegram: @prizmauz

Bizning do'konlar Manzil
30.2K views05:14
Ochish/sharhlash
2022-05-03 15:43:02
Chendler—Fergyuson jangi g‘olibi Dastin Poryega qarshi jang qilishi mumkin

Yengil vazn toifasining sobiq vaqtinchalik chempioni Dastin Porye navatdagi jangini Maykl Chendler va Toni Fergyuson o‘rtasidagi bellashuv g‘olibiga qarshi o‘tkazishi mumkin.

“Katta ehtimol shunday bo‘ladi”, — deya javob bergan bu haqdagi savolga Porye.

Chendler va Fergyuson o‘rtasidagi jang 8-may tongida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Porye mazkur yakkakurashchilarning hech biri bilan jang qilmagan.

@UFCBOXUZ
25.6K viewsedited  12:43
Ochish/sharhlash
2022-05-03 12:09:03
Charlz Oliveyra vs Jastin Getji

Oliveyra rekordi: 32-8, 8 KO
Getji rekordi: 23-3, 19 KO
Jang sanasi: 2022-yil 7-may
Joy: Arizona (AQSh)

Sizningcha, bu jangda kim g‘alaba qozonadi?

Oliveyra →
Getji →

@UFCBOXUZ
29.6K views09:09
Ochish/sharhlash
2022-05-03 08:16:01
Jastin Getji: “Oliveyra Habib kabi kuchli emas”

“Agar Charlz meni yutadigan bo‘lsa, uni olqishlayman. Meni mag‘lub etish uchun Oliveyra jahannam azobini totib ko‘rishga majbur, xuddi Nurmagomedov kabi. Biroq Charlz Habib kabi kuchli emas. Uning arsenalida portlovchi teykdaunlar yo‘q.

Oliveyra xato qilishimni kutadi. Shuni aytishim kerak, meni parterga ololishini so‘rab kun-u tun iltijo qilishi kerak. Yo‘qsa uni Maykler Chendlerga o‘xshash taqdir kutib turibdi, faqat besh raundlik”, — deydi Getji.

@UFCBOXUZ
32.7K views05:16
Ochish/sharhlash
2022-05-03 06:05:03
Toni Fergyuson vs Maykl Chendler

Fergyuson rekordi: 25-6, 12 KO
Chendler rekordi: 22-7, 10 KO
Jang sanasi: 2022-yil 7-may
Joy: Arizona (AQSh)

Sizningcha, bu jangda kim g‘alaba qozonadi?

Fergyuson →
Chendler →

@UFCBOXUZ
33.8K views03:05
Ochish/sharhlash
2022-05-02 08:33:00
Usik va Joshua o‘rtasidagi revansh jangi 25-iyul kuni o‘tkaziladi

Super og‘ir vazn toifasida WBA Super, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Oleksandr Usik hamda sobiq chempion Entoni Joshua o‘rtasida revansh jangi 2022-yilning 25-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda promouter Bob Arum ma’lum qildi.

Uar o‘rtasidagi dastlabki jang ukrainalik bokschini foydasiga hal bo‘lgandi.

Avvalroq Usik Kiyev mudofaasini tashlab, revansh jangi uchun Ukrainani tark etgandi.

@UFCBOXUZ
28.4K views05:33
Ochish/sharhlash
2022-05-02 06:34:00
Barchamizga Hayit ayyomi muborak bo‘lsin!

@UFCBOXUZ
32.3K views03:34
Ochish/sharhlash
2022-05-01 20:10:40
Hamzat Chimayev: “Kovingtonga janggacha tegmayman, yo‘qsa politsiya chaqiradi”

“Kolbi bilan jangdan oldin ko‘rishib qolsam janjal bo‘ladi deb o‘ylamayman. Agar oktagon tashqarisida unga biror nima qiladigan bo‘lsam, darhol politsiyaga qo‘ng‘iroq qiladi. Hibsxonada o‘tirish niyatim yo‘q.

Uni qafasda kutaman. Nimani xohlasa gapiraversin, biroq oktagonda menga duch kelishi bor”, — deydi Chimayev.

@UFCBOXUZ
21.7K views17:10
Ochish/sharhlash
2022-05-01 19:10:00
Andrey Orlovski UFC’da Serronening rekordini takrorladi

Orlovski UFC’dagi 23-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu orqali u promoushenda eng ko‘p g‘alabaga erishgan Donald Serrone va Jim Millerga yetib oldi.

Og‘ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni MMA’dagi umumiy g‘alabalari sonini 34 taga yetkazdi. Shuningdek, uning hisobida 20 ta mag‘lubiyat bor.

@UFCBOXUZ
24.7K views16:10
Ochish/sharhlash