Get Mystery Box with random crypto!

CHDPU | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi tvchdpi2017 — CHDPU | Rasmiy kanal C
Telegram kanalining logotibi tvchdpi2017 — CHDPU | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @tvchdpi2017
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.91K
Kanalning ta’rifi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.
http://fb.com/tvchdpi2017
http://instagram.com/tvchdpu
Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 64

2022-08-27 21:09:58 Mandat e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Manba: Davlat test markazi

@Tvchdpi2017
9.0K viewsedited  18:09
Ochish/sharhlash
2022-08-27 13:38:08 ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ДАВЛАТ МУСТАҚИЛЛИГИНИНГ 31 ЙИЛЛИГИ МУНОСАБАТИ БИЛАН ВИЛОЯТИМИЗДА "ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОНДА ЭЛ АЗИЗ, ИНСОН АЗИЗ" ҒОЯСИ АСОСИДА МАДАНИЙ-МАЪРИФИЙ ТАДБИРЛАР ЎТКАЗИЛАДИ
Жумладан:

Янгийўл тумани. 27 август куни марказий ўйингоҳида соат 18:00 да;

Пискент тумани. 27 август куни "Ёшлик" марказий ўйингоҳида соат 18:00;

Оҳангарон шаҳри. 27 август БЎСМ ўйингоҳида соат 18:00да;

Юқоричирчиқ тумани. 27 август куни БЎСМ ўйингоҳида соат 18: 00да;

Паркент тумани. 27 август Ёшлар боғида соат 18: 00да;

Ангрен шаҳри. 28 август шаҳар марказий ўйингоҳида соат 18:00да;

Оққўрғон тумани. 28 август Ёшлар боғида соат 18:00 да;

Бекобод тумани. 29 август Зафар қўрғони марказий ўйингоҳида соат 18:00 да;

Тошкент тумани. 29 август амфитеатр мажмуасида соат 18:00да;

Бўка тумани. 29 август марказий ўйингоҳида соат 18:00 да;

Оҳангарон тумани. 29 август "Ёшлар маркази" олди очиқ майдонда соат 18:00да,

Қибрай тумани. 29 август "Пахтакор" ўйингоҳида соат 18:00да;

Шунингдек, Нурафшон шаҳри. "Нурафшон" амфитеатрда ҳар куни соат 19:00 да кўнгил очар тадбирлар бўлиб ўтмоқда.


Байрам кайфияти барчангизни тарк этмасин. Дам олиш кунингизни оила ва яқинларингиз даврасида мароқли бўлсин.

Манба...

@Tvchdpi2017
7.7K viewsedited  10:38
Ochish/sharhlash
2022-08-27 09:32:24 2022/2023-oʻquv yili uchun CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYI kirish imtihonlarining yakuniy natijalari.

2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) natijalarni vazirlikning litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti orqali bilishingiz mumkin.

Tanlov ustuvorligi bo‘yicha ma'lumot...

@Tvchdpi2017
7.2K viewsedited  06:32
Ochish/sharhlash
2022-08-27 05:20:03
#Bilasizmi

Talabalarga turar joy uchun ijara pulining bir qismi to‘lab beriladi

Batafsil:
https://telegra.ph/Talabalarga-turar-joy-uchun-ijara-pulining-bir-qismi-tolab-berilari-08-26

@Tvchdpi2017
7.5K viewsedited  02:20
Ochish/sharhlash
2022-08-26 16:46:58
#Abituriyentlarga

Agar bir nechta abituriyent grant yoki kontraktning eng oxirgi chizig‘ida bir xil ball to‘plasa, unda ulardan qaysi biri grant yoki kontraktga kirgan deb hisoblanadi?

Batafsil: https://telegra.ph/Kopchilik-abituriyentlar-bir-xil-ball-toplasa-lekin-kvota-soni-kam-bolsa-nima-boladi-08-15

@Tvchdpi2017
7.3K views13:46
Ochish/sharhlash
2022-08-26 13:40:54 Qoraqalpogʻistonlik uchun alohida qabul kvotalari joriy etiladi.

Qoraqalpogʻistonda taʼlimni rivojlantirish va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflardan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

faqat Qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun mamlakatimizdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etish;

Qoraqalpogʻistondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qoʻshimcha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishga topshiriq berdi.

@Tvchdpi2017
7.1K views10:40
Ochish/sharhlash
2022-08-26 11:35:59 #Murojaat

CHDPU faoliyati va Chirchiq shahri obodoligi yo‘lida befarq bo‘lmagan barcha uchun murojaat.

Xabaringiz bor TVCHDPU tashkil topganiga 5 yil boʻldi. Oʻtgan davr mobaynida oliygohimiz uchun bir qancha binolar qurulib, taʼmirlash ishlari olib borildi va bu ishlar hozir ham davom etmoqda.

Oliygohimiz jamoasining 5 yillik mehnatlari evaziga bu yil universitet maqomiga ega boʻldik.

Oliygohimiz binolari joylashgan koʻchalarda talabalarimiz, oʻqituvchi-professorlarimiz, oliygohimizga tashrif buyuruvchi mehmonlar va shu hududda yashovchi aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida Istiqbol va Lomonosov  koʻchalarini tutashgan ichki yoʻllarni (CHDPU asosiy binosidan TTJ oldidan oʻtib 3-binoga olib boruvchi ichki yo‘l) taʼmirlash va chiroqlar bilan yoritish uchun tashabbusli budjet loyhasiga oliygohimiz jamoasi o‘z taklifini kiritdi.

Taklifni amalga oshishi siz azizlarimizning bergan ovozingizga bogʻliq.

Oliygohimiz rivoji, insonlarimiz ehtiyojlari uchun befarq boʻlmasligizni va oʻz ovozingizni berishingizni soʻraymiz.

Tashabbus bilan tanishish va ovoz berish uchun havolalar:

1. Chirchik davlat pedagogika universitetiga olib boruvchi Istikbol va Lomonosov  koʻchalarini tutashgan ichki yoʻllarini taʼmirlash
Havola:
https://openbudget.uz/boards/undefined/124387/

2. Chirchiq davlat pedagogika universitetiga olib boruvchi Istiqbol va Lomonosov koʻchalarida joylashgan tungi yoritish tizimini taʼmirlash, yaʼni 700 m2 sip kabelni almashtirish va 17 dona tungi yoritish ustunlarini oʻrnatish.
Havola: https://openbudget.uz/boards/undefined/124474/

@Tvchdpi2017
7.8K viewsedited  08:35
Ochish/sharhlash
2022-08-26 11:24:09
#xalqaro_aloqalar

#Chirchiq_ Magilyov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Odiljon Ziyadullayev hamda Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Muhriddin Muxamedov Magilyov davlat universiteti rektori Denis Duk Viladimirovich bilan uchrashdi.

Hamkorlikdagi yangi loyihalar haqida kelishuvlar amalga oshirildi.

@tvchdpi2017
6.6K views08:24
Ochish/sharhlash
2022-08-25 18:44:26 2022-yil 24-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Natijani bilish...

@Tvchdpi2017
6.9K viewsedited  15:44
Ochish/sharhlash
2022-08-25 12:12:35
Ayni daqiqalarda talabalar universitet tarixi muzeyida boʻlib turishipti.

Universitet tarixi va yutuqlari haqida maʼlumotlar bilan tanishtirilmoqda.

@tvchdpi2017
7.1K views09:12
Ochish/sharhlash