Get Mystery Box with random crypto!

CHDPU | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi tvchdpi2017 — CHDPU | Rasmiy kanal C
Telegram kanalining logotibi tvchdpi2017 — CHDPU | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @tvchdpi2017
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.91K
Kanalning ta’rifi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.
http://fb.com/tvchdpi2017
http://instagram.com/tvchdpu
Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 58

2022-09-08 13:02:48
#International_conference

"3D Digital Silk Road Project (3DSR'2022)" nomli xalqaro konferensiya davom etmoqda.

@Tvchdpi2017
2.7K views10:02
Ochish/sharhlash
2022-09-08 10:16:34
#Live
#International_conference

Chirchiq davlat pedagogika universiteti 5 yiligi bilan tashkil etilgan "3D Digital Silk Road Project (3DSR'2022)" nomli xalqaro konferensiyadagi ko‘rgazmalardan foto lavhalar.

@Tvchdpi2017
4.4K views07:16
Ochish/sharhlash
2022-09-08 09:52:37
#Live
#International_conference

Chirchiq davlat pedagogika universiteti 5 yiligi bilan tashkil etilgan "3D Digital Silk Road Project (3DSR'2022)" nomli xalqaro konferensiyadan video lavha

@Tvchdpi2017
4.3K views06:52
Ochish/sharhlash
2022-09-08 09:21:38
#Live
#International_conference

Ayni paytda Chirchiq davlat pedagogika universitetida "3D Digital Silk Road Project (3DSR'2022)" nomli xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda

@Tvchdpi2017
4.4K viewsedited  06:21
Ochish/sharhlash
2022-09-08 09:16:14
Chirchiq davlat pedagogika universiteti 5 yiligi munosabati bilan xalqaro konferensiya o‘z faoliyatini boshladi.

Konferensiyani onlayn instagram sahifamizda kuzatishingiz mumkin.

Havola: http://instagram.com/tvchdpu

@Tvchdpi2017
4.7K viewsedited  06:16
Ochish/sharhlash
2022-09-07 14:13:50
Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha universitet ishchi guruhi saralash suhbatlarini boshladi.

Universitetda tashkil etilgan talabalarni TTJga joylashtirish ishlari bo'yicha ishchi guruh ariza bilan murojaat etgan talabalarni asoslantiruvchi hujjatlarini o‘rganish jarayonini boshladi. Ushbu jarayoni onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

Onlayn kuzatish uchun havola: https://dir.cspi.uz/kamera/video/kamera1.html

TTJga onlayn ariza berish...

@Tvchdpi2017
5.0K views11:13
Ochish/sharhlash
2022-09-07 12:00:55 Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi.

Eng katta yangilik, bu abituriyent oʻzi tanlagan birinchi yoʻnalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yoʻnalishlardan biriga oʻqishga kirgan boʻlsa, unda oʻz xohishi bilan birinchi tanlagan yoʻnalishida super-kontraktda oʻqishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2, 3 yoki 4-yoʻnalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yoʻnalishga oʻqishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki toʻrtinchi yoʻnalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat birinchi yoʻnalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yoʻnalishiga ham oʻqishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yoʻnalishdan birini tanlab, super-kontraktda oʻqishiga ruxsat beriladi.

Abituriyentlar kontrakt.edu.uz saytiga kirib, bemalol ariza qoldirishlari mumkin.

Super-kontrakt masalasida ayrim savollarga javoblar. Batafsil...

Barcha davlat OTMlarida super-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi. Batafsil...

4 ballgacha yetmaganlarga ham super-kontraktda chegirma bormi? Javob...

1-kursga kirganlar va yuqori kurs talabalari toʻlov-shartnomalarni, oʻqishga kira olmaganlar esa super-kontrakt shartnomasini onlayn olishlari mumkin. Batafsil...

Talabalarga kerakli boshqa savollarga javoblar...

@Tvchdpi2017
5.6K viewsedited  09:00
Ochish/sharhlash
2022-09-07 10:39:11 #shunchaki_xulosa_qiling!

Kechki payt uyga qaytayotsam universitetda dars beradigan oʻqituvchini yelkasida koʻrpa-toʻshak koʻtarib ketayotganligining guvohi boʻldim.

Yonida ikkita talaba qiz ham bor edi.
Birinchi bosqich talablarini ijaraga joylashtirayotgan ekan.

Ustozlar, sizlar bilan faxrlansa arziydi.

@tvchdpi2017
5.8K viewsedited  07:39
Ochish/sharhlash
2022-09-07 07:45:11 1-bosqich talabalari diqqatiga

Chirchiq davlat pedagogika universitetiga 2022-2023- o‘quv yilida 1- bosqich sirtqi yo’nalishiga qabul qilingan talablar uchun o’qish grafigi tez kunda e'lon qilinadi.

P/s: Siz kuting!

@Tvchdpi2017
2.7K viewsedited  04:45
Ochish/sharhlash
2022-09-06 14:27:18
Ўқишга кирганлар учун базавий контракт, кира олмаган учун супер-контракт олиш мақсадида kontrakt.edu.uz сайти орқали онлайн ариза бераётганда шартнома турини танлаш деган банд бор. Бунда ёки 2 томонлама, ёки 3 томонлама шартномани танлаш сўралмоқда. Шу бўйича изоҳ сўраб, абитуриентлардан кўплаб саволлар келиб тушди.

Бу жуда оддий.

Икки томонлама шартнома — бу ОТМ ва абитуриент ўртасида тузилади. Бошқача айтганда агар контракт ёки супер-контракт пулини абитуриентнинг ўзи ёнидан тўламоқчи бўлса, шу бандни танлаш керак.

Уч томонлама шартнома — бу ОТМ, абитуриент ва яна бирор ташкилот ўртасида тузилади. Агар мабодо контракт ёки супер-контракт пулини абитуриентнинг ўзи эмас, балки бирор ташкилот, масалан банклар ёки ота-онасининг ишхонаси тўламоқчи бўлса, унда уч томонлама шартнома деган бандни танлаш керак.

Манба...

@Tvchdpi2017
4.9K viewsedited  11:27
Ochish/sharhlash