Get Mystery Box with random crypto!

CHDPU | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi tvchdpi2017 — CHDPU | Rasmiy kanal C
Telegram kanalining logotibi tvchdpi2017 — CHDPU | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @tvchdpi2017
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.91K
Kanalning ta’rifi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.
http://fb.com/tvchdpi2017
http://instagram.com/tvchdpu
Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 60

2022-09-04 10:43:10 Chirchiq davlat pedagogia universiteti fakultetlari joylashgan o‘rni (lokatsiya).

Fizika va Kimyo fakulteti;

Tabiiy fanlar fakulteti;

Matematika, San'atshunislik, Pedagogika, Boshlang'ich ta'lim fakultetlari;

Turizm fakulteti va Rektorat joylashgan bino;

Gumanitar fanlar fakulteti;

Maktabgacha ta'lim fakulteti;

Sport va chaqiriqqacha ta'lim fakulteti.

@Tvchdpi2017
3.2K views07:43
Ochish/sharhlash
2022-09-03 19:28:49 Talabalarga ta’lim krediti ajratish tartibi. Batafsil...

Talabalarga ta’lim krediti ajratuvchi alohida banklar. Batafsil...

Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriladi. Batafsil...

​​ Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontraktni davlat tomonidan to‘lab berish uchun arizalar 15-sentyabrgacha qabul qilinadi. Batafsil...

Qanday hollarda davlat talabani 50 foiz kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin? Javob...

Super-kontrakt masalasida ayrim savollarga javoblar. Batafsil...

Barcha davlat OTMlarida tabaqalashtirilgan super-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi. Batafsil...

4 ballgacha yetmaganlarga ham super-kontraktda chegirma bormi? Javob...

Toshkent davlat texnika universiteti “Qo’shma ta’lim dasturlari” asosida 2+2 ва 2+3 formatlarida o’qishga taklif etadi. Batafsil...

O‘qishga kirganlar boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi? Javob...

Beshta yoʻnalishdan istalgan birini tanlasa boʻladimi? Javob...

Toʻlov-shartnomalarni olish, o‘qishga qabul qilinganlarga va super-kontrakt uchun. Batafsil...

Talabalikga tavsiya etilganlar quyidagi hujjatlarni OTMga taqdim etadi. Batafsil...

Magistraturaga tavsiya etilganlar quyidagi hujjatlarni OTMga taqdim etadi. Batafsil...

Apellatsiya arizalarini berish tartibi. Batafsil...

@Tvchdpi2017
3.9K viewsedited  16:28
Ochish/sharhlash
2022-09-03 14:57:44Замон тезлашмоқда, айрим янги одобларга ҳам эҳтиёж пайдо бўляпти!

* Кимдандир пластик карта орқали қарз олсангиз, қайтаришда хизмат ҳақини ҳам қўшиб ўтказинг;

* Бошқаларнинг қанча ойлик олишини сўраманг. "Левалар борми ишда?" дея иржайманг;

* Кимгадир телефон қилганингизда иккинчи линиядан тушсангиз битта чақириқдан кейин алоқани узинг. У одамга Сиз қидирганингизни англаш учун шу кифоя. Узлуксиз чақириқларингиз билан суҳбатини хира қилманг;

* Телеграмдан (ёки бошқа ижтимоий тармоқдан) ёзилган саволга телеграмдан жавоб беринг, дарҳол телефон қилманг;

* Кимгадир қўнғироқ қилсангиз ва у томон жавоб бермаса, бир секунддан кейин ҳам жавоб бермайди. Қайта-қайта қўнғироқ қилаверманг. Умуман, жавоб бериш у томоннинг ҳуқуқи, зинҳор мажбурияти деб қараманг;

* Жума намози якунланганда дарҳол туриб одамлар орасида жайнамозингизни қоқманг;

* Кимдир бирорта суратни кўрсатиш учун телефонини берса, фақат ўша суратни кўриш билан чекланинг. Бармоғингиз билан кейингиларига ўтиб кетманг. Ҳаққингиз йўқ бунга;

* Ҳаддингиз сиғмаган одамга, яна жамоат орасида иккинчи хотин, оила масалаларида қочирим қилманг;

* Чорраҳаларда тўхтаб турилганда ёнингиздаги машинадагиларга олайиб қараманг. Ҳеч ким ҳақингизни еб кетмаяпти. Нафсиламбрини айтганда буткул қарамасангиз янада яхши. Чунки улов ҳам бировнинг мулки, унинг ичи кимнингдир хонадони мақомида;

* Кимдир телефонида нимадир қидираётган бўлса тикилиб турманг, бошқаларнинг мониторига рухсатсиз ва ўта заруратсиз қараманг;

* Умумий овқатланиш масканларида агар алоҳида хонада бўлмасангиз, айниқса атрофда аёллар ва болалар бўлганда сўзларингизни ҳам, овозингизни ҳам, кулгингизни ҳам назорат қилинг;

(Буларнинг қайсиларинидир бошқалар ҳам ёзган бўлиши, мен қайта эслаганлигим эҳтимоли бор. Шу боис муаллифлик ҳуқуқига даъвоим йўқ. Шунчаки кундалик ҳаётда оддий одобга озроқ ҳисса қўшиш нияти ётибди. Кузатишларингизга кўра ўз фикрларингиз билан тўлдирсангиз фақат хурсанд бўламан)

Аброр Зоҳидов

@az_sss
2.9K views11:57
Ochish/sharhlash
2022-09-03 11:34:22 Talabalarga ta’lim krediti ajratuvchi alohida banklar belgilandi

Ma’lumki, hukumat qarorlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan.

Ushbu jarayonlarda kredit oluvchilarga qulaylik yaratish va amaliy ko‘mak berish maqsadida ta’lim kreditlari taklif etayotgan tijorat banklarida alohida mas’ullar belgilandi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar quidagilar:

Agrobank;
Aloqabank;
Asakabank;
Hamkorbank;
Ipotekabank;
Mikrokreditbank;
Milliybank;
OrientFinancebank;
Qishloqqurulishbank;
Sanoatqurilishbank;
Turonbank;
Xalqbanki.

O‘zingizga qulay va yaqin joylashgan bankni tanlang va bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Talabalarga ta’lim krediti ajratish tartibi. Batafsil...

@Tvchdpi2017
4.0K viewsedited  08:34
Ochish/sharhlash
2022-09-03 08:17:47 Qanday hollarda davlat talabani 50 foiz kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida (davlat, xususiy yoki xorijiy OTM filiali) tahsil olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

BHM – 300 ming so‘m (2022-yil 1-iyundan). 50xBHM=15 000 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.

Batafsil: https://telegra.ph/Qanday-hollarda-davlat-talabani-50-foizgacha-kontrakt-pulini-tolab-berishi-mumkin-09-03

@Tvchdpi2017
4.8K views05:17
Ochish/sharhlash
2022-09-02 21:02:25
#Qabul_2022 | #Natijalar

Chirchiq davlat pedagogika universitetining ta'lim yo'nalishlari bo‘yicha o'tish ballari bilan tanishing:

Batafsil:
https://telegra.ph/CHDPU-otish-ballari-09-02

--------------------------------------------------------

Toʻlov-kontrakt miqdori bilan tanishish...

Toʻlov-shartnomalarni elektron shaklda yuklab olish...

Super kontrakt miqdori bilan tanishish...

Talabalikga tavsiya etilganlar quyidagi hujjatlarni OTMga taqdim etadi.

@Tvchdpi2017
3.5K viewsedited  18:02
Ochish/sharhlash
2022-09-02 18:06:13 4 ballgacha yetmaganlarga ham super-kontraktda chegirma bormi?

JAVOB: Ha, bor. Olingan maʼlumotlarga koʻra, ushbu 10% lik chegirma oʻtish baliga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlarning super-kontrakti uchun ham qoʻllanadi.

Masalan, Tarix yoʻnalishida 1,5 ball yetmay qoldi deylik. Bunday vaziyatda oʻsha abituriyent 2 barobar toʻlaydi. Tarix yoʻnalishida stipendiyasiz bazaviy kontrakt narxi 6.412.610 soʻm.

Demak, Tarix yoʻnalishiga 1,5 ball yetmay qolgan abituriyent 12 mln 825 ming 220 soʻm super-kontrakt toʻlashi kerak edi (2 x 6.412.610).

Endi unga 10% chegirma qoʻllanadi. Yaʼni 1.282.522 soʻm chegirma tufayli super-kontrakt narxi 11.542.698 soʻm boʻladi.

Super-kontrakt masalasida ayrim savollarga javoblar.
Batafsil:
https://telegra.ph/Super-kontrakt-masalasida-ayrim-savollarga-javoblar-09-01

Super-kontraktga 10 fozi chegirma berildi. Batafsil...

@AvazbekY
4.8K viewsedited  15:06
Ochish/sharhlash
2022-09-02 15:12:43 Barcha davlat oliy taʼlim muassasalarida tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tomonidan talaba-yoshlarning oliy taʼlim olishi uchun yaratib berilayotgan qulay imkoniyat sabab yangi oʻquv yilida barcha oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmadi.

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq 2022/2023 oʻquv yili uchun barcha davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, faqat tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirib belgilandi.

Quyidagi jadval orqali yoʻnalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.
Rasim xolatida | Fayl xolatida

Manba...

@Tvchdpi2017
5.5K viewsedited  12:12
Ochish/sharhlash
2022-09-02 14:23:38 Magistraturaga tavsiya etilganlar quyidagi hujjatlarni OTMga taqdim etadi.

    1. Rektor nomiga ariza.
    2. Pasport nusxasi 4 dona (asli ko'rsatilgan holda).
    3. Diplom (ilovasi bilan birga) asl nusxasi.
    4. 3.5x4.5 foto 8 dona.
    5. Hujjatlar yig'ma jildi (papka).
    6. Konvert A5 formatida 2 dona.
    7. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar  bo'lsa).

@Tvchdpi2017
5.2K views11:23
Ochish/sharhlash
2022-09-01 16:36:42 Talabalikga tavsiya etilganlar quyidagi hujjatlarni OTMga taqdim etadi.

Rektor nomiga ariza (OTMning o‘zida yoziladi);
Pasport nusxasi (asli koʻrsatilgan holda);
Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa) asli;
3,5x4,5 foto surat 6 ta;
Talabalar turar joyi uchun (OTMda belgilagan tartibda) ariza;
Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning aslini;
Roʻyxatdan oʻtkazilgandagi abituriyent qayd varaqasi.

@Tvchdpi2017
3.4K views13:36
Ochish/sharhlash