Get Mystery Box with random crypto!

Klublar(Clubs) Klublarni biror umumiy qiziqishga ega talabala | Turdalieva's

Klublar(Clubs)

Klublarni biror umumiy qiziqishga ega talabalar jamiyatchasi desa bo'ladi. Universitetdagi istalgan talaba istalgan yo'nalishdagi klublarni ochishi mumkin.

Klublarga misollar:

Westminster Finance Club.
Eng yaxshi ko'radigan klubim. Klubda talabalarga qanday qilib uzoq muddatga investitsiya qilish, qanday qilib qimmatli qog'ozlar bozorini o'rganib chiqishni o'rgatadi, va eng asosiysi moliyaviy savodxonlikni oshirishga harakat qilinadi. Klubning o'zini portfoliosi bor, unda 40dan oshiq talabalar o'zbek aksiya bozorida savdo qilishadi. Klub portfoliosi umumiy qiymati hozir 70mln so'mdan oshiq. Qisqasi, klub a'zolari "pulingni yostiq tagida saqlama" shioriga amal qiladi.

WIUT Ecology Club.
Nomidan bilgandirsiz, klub a'zolari imkon qadar ekologiyaga ziyon keltirmaslikka harakat qilishadi. Eng oddiy usuli, plastik idishlardan foydalanmaslik, o'rniga termizdan foydalanish, universitet hududida daraxt ekish, va boshqa talabalar orasida ham ekologik muammolar bo'yicha xabardorlikni oshirish.

Art Club.
San'at klubining o'zining alohida studiyasi bor. Studiyada rasm chizish, sopol buyumlar yasash, va yana boshqa ko'plab kreativ mashg'ulotlar bilan shug'ullansa bo'ladi. Rassomchilik bo'yicha professional o'qituvchilar ham bor.

Undan tashqari, Dance Club, Debate Club, Gaming Club , Vocal Club, va yana boshqa 20-30tacha allambalo klublar bor. Koreys tili, turk tili, sport klublari ham bor. Sanab sanog'iga yetolmayman.)

Eng qizig'i, agar shuuuncha klub ichida siz istaganingiz yo'q bo'lsa, o'zingiz o'sha klubga asos solsangiz bo'ladi.)

Faqat kelib darsda o'tirib ketmasdan, shunaqa klublar orqali o'zingizga yoqqan darsdan tashqari mashg'ulotlar bilan shug'ullansangiz bo'ladi.

P.S: klublarni o'qituvchi-professorlar ham umuman universitet xodimlari ham nazorat qilmaydi, barchasi talabalarning tashabbusi va harakati orqali. Universitet xodimlari, albatta bunday tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashi, hamkorlik qilishi mumkin.

#WIUTerian #extracurriculars #clubs

@emeti_zzz