Get Mystery Box with random crypto!

#justthoughts Hayot borgan sari murakkablashib boryapti, leki | Turdalieva's

#justthoughts

Hayot borgan sari murakkablashib boryapti, lekin logotiplar esa aksincha, soddalashib boryapti, menimcha.

Bir marta o'qiganda, yuqoridagi gap g'alati tuyulishi mumkin. Lekin bir o'ylab ko'rilsa, it actually makes sense.

Shusiz ham Internetda, ko'chada, bozorda, avtobusda, hamma joyda reklama, rang-barang bannerlar, e'lonlar, afishalarni ko'raverib, murakkablikdan charchagan miyachamga sodda ishlangan narsa qandaydir ajoyibdek ko'rinib ketishini logotip dizaynerlari ham bilsa kerak.

Shuning uchun ham "aji-buji", juda ko'p mayda detallarga ega, va biror narsani real hayotdagidek aniq aks ettiruvchi logotiplar ortiqcha ziynatlangan, bachkanadek tuyuladi, aksincha, sodda va tushunish, eslash oson bo'lgan logotiplar qandaydir sifatli va did bilan ishlangandek tuyuladi menga. Sizda ham shundaymi?

Rasmlardan chap tarafdagisi WIUT logotipining eski va o'ngdagisi esa yangilangan holati.

#WIUTerian
@emeti_zzz