Get Mystery Box with random crypto!

#befarqemasman Gulnora Sultonqulova, Toshkent tumani tibbiyo | Toshkent viloyati hokimligi

#befarqemasman

Gulnora Sultonqulova, Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi shifokori:

— Oxirgi 5-6 yillik davr ichida tibbiyotga juda katta eʼtibor berildi. Xususan, bizning tumanimiz shifoxonasi kapital taʼmirdan chiqarilib, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam yanada mukammallashdi. Shuni taʼkidlab oʻtmoqchimanki, Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 48-moddasida har bir fuqaro tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonun doirasida belgilangan tartibda olishga haqli deya belgilanmoqda. Bu aholiga juda katta imkoyatlar yaratadi. Yaʼni bepul tibbiy xizmat koʻlami oshadi. Shuning uchun 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendumga befarq emasman.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter