Get Mystery Box with random crypto!

TOPIK

Telegram kanalining logotibi topik_kr — TOPIK T
Telegram kanalining logotibi topik_kr — TOPIK
Kanal manzili: @topik_kr
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 159
Kanalning ta’rifi

Instagram sahifasi
↪ https://instagram.com/MASTERTOPIKUZ
O'rta va yuqori daraja koreys tili
↪ https://t.me/Mastertopikuz/2452
Reklama uchun
↪ https://t.me/joinchat/AAAAAE7Uks1qhksMmBM9fw
@TOPIK_UZ
2020.03.20

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-02-12 19:24:49
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In rafiqasi bilan koreys xalqini Oy taqvimi bo'yicha Yangi yil bilan tabrikladi va iti bilan sayr qildi.
Prezident o'z tahririda bu yil koronavirus pandemiyasi tugaydi va nihoyat barchamiz niqob kiyishni to'xtatamiz degan umidni bildirdi ...

| 한국어 능력 시험 | Rasmiy sahifasi.
https://t.me/joinchat/AAAAAEq8VPIAWnzfc2k0NA

Siz uchun xizmatdamiz. (Tarqating)
1.3K views16:24
Ochish/sharhlash
2021-02-12 13:52:52
Жанубий Кореяга 23 нафар фуқаро ишлаш учун жўнаб кетди

Корея Республикасида ишлаш вақтида меҳнат таътили олиб Ўзбекистонга келган фуқаролар пандемия сабабли иш жойига қайтолмаётган эди.

Корея Республикасининг Ўзбекистондаги элчихонаси ва Инсон ресурсларини ривожлантириш хизмати билан олиб борилган музокаралар натижасида ушбу фуқаролардан яна 23 нафарига ушбу давлатга учиб кетиши учун кўмаклашилди.

Таъкидлаш лозим, пандемия даврида Корея Республикасига кириб бориш учун карантин жойи тасдиқланган ва рухсат берилган фуқароларгина ушбу давлатдаги иш жойига қайтиб бормоқда.

Эслатиб ўтамиз, 10 февраль куни Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг маслаҳатчиси М.Хайриддинов, Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирининг биринчи ўринбосари Э.Муҳитдинов, Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги бошлиғи М.Маматхонов ва Корея Республикасининг Ўзбекистондаги элчиси Канг Же Квон ўртасида учрашув ташкил этилиб, унда меҳнат миграцияси масаласи муҳокама қилинган эди.

@TOPIK_KR

Siz uchun xizmatdamiz Tarqating!
1.4K views10:52
Ochish/sharhlash
2021-02-12 13:03:49 ​​TELEX viza o'zi nima? TELEX viza bu sizni 100% Koreyada bo'lishingiz uchun Koreya ruxsatnomasi desak ham bo'ladi. Sababi TELEX viza olsangiz Hammani qiynab kelayotgan Elchixona suhbatiga umuman kirmaysiz.

Ogoh bo'ling TELEX vizaga to'g'rilab beraman deb aytishsa lekin suhbatga kiradigan bolsangiz yuqoridagi gapimni 3-4 marta o'qib ko'ring.
Hozirda kopchilik ish TELEX viza oldimu suhbatga qo'yishdi deyishyapti Shu o'rinda yana bir narsani eslatib o'tamiz Suhbatga qo'ymaydigan Oliygohlar ham bo'ladi shu narsa TELEX viza bilan adashtirib yubormang.

Telex vizani raqamli viza deb aytsak boladi. sodda qilib aytganda yani sizga vizangizni Nomeri keladi shunda Koreya elchixonasiga borib pul (viza) ni to'lasangiz vizangizni urib beradi.
TELEX vizani faqat D4(til kursi) vizasi uchun beriladi.

Til kurs haqida
Til kursiga hujjat to'g'rilayabsizmi quyidagi narsalarga etibor bering


Topshiradigan Oliygohingiz mavqeyi (qancha yuqori bo'lsa shuncha yaxshi), to'lanadigan kontrakt (6oyga 3000$dan yuqori bo'lsa yaxshi), dakument topshirishda oilangizning yillik daromadi (sizni koreyada o'qishingiz uchun yetarli darajada bo'lishi) va Bankka qo'yadigan Pul miqdoringiz.
Yuqorida aytgan narsalar bir biriga bog'lansin.
Agar siz Oliygohga Kantrakt to'lab elchixonadan yiqilsangiz to'lagan kantraktingizni 100% qilib qaytarishadi unutmang 100%.

Endi ohirgi mavzumiz siz yuqoridagi Vizalardan yoki Umuman Koreyaga borishda bog'lanadigan konsalting firmalar yoki har qanday Odam orqali ishingizni bitirmoqchi bo'lsangiz
E'tibor bering.

Ularga va o'zingizga quyidagi savollarni berib ko'ring.

1) Tashkilotingiz ohirgi marta qachon va nechta odam yubordi ?.

2) Yuborgan bo'lsa hozi ular nechinchi kurs yoki qayerda o'qishyapti ?

3) Hozir qiladigan harajatlardan tashqari yana harajat qilamanmi va bolsa qancha miqdorda?

sababi (hozirda boshidagi tolovini arzimagan miqdorda qilib ko'rsatib hamma narsa hal bo'lgandan keyin Haqiqiy hizmatlarini aytishmoqda.)


@TOPIK_KR

Siz uchun xizmatdamiz. (Tarqating)
1.2K views10:03
Ochish/sharhlash
2021-02-12 12:44:44
130 ta ketma- ket to'qnashuvda 70 ga yaqin inson jarohatlandi.

• Chet el ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Texas shtatining Fort-Uort yaqinidagi avtoyo'lda 11-kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 6 atrofida avariya sodir bo'lgan, kamida 6 kishi halok bo'lgan va 65 kishi jarohat olgan.

• Bir kechada yomg'ir va qor sovuqda muzlab, muzli yo'l yaratib, ertalabki shov-shuv vaqtida katta avariyaga olib keldi. Hodisa 800 metrga yaqin masofani bosib o'tdi va 133 ta transport vositasi, shu jumladan yengil avtomobillar, yuk mashinalari va 18 g'ildirakli pritseplar to'qnashib, chigallashdi, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.

| 한국어 능력 시험 | Rasmiy sahifasi.
https://t.me/joinchat/AAAAAEq8VPIAWnzfc2k0NA

Siz uchun xizmatdamiz. (Tarqating)
1.2K views09:44
Ochish/sharhlash
2021-02-12 12:02:00
Janubiy Koreya maktablarining deyarli 40 foizida har bir sinfdagi o'rtacha o'quvchilar soni 23 dan oshadi, bu Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a'zo davlatlarning o'rtacha ko'rsatkichi.

| 한국어 능력 시험 | Rasmiy sahifasi.
https://t.me/joinchat/AAAAAEq8VPIAWnzfc2k0NA

Siz uchun xizmatdamiz. (Tarqating)
1.2K views09:02
Ochish/sharhlash
2021-02-12 08:22:53
Seuldagi Shinsa-dongdagi Gongdori oshxonasida ovqat ham avtomatik idishlarda pishiriladi. (Bu koreyslar nimalarni o'ylab topishmaydi deysiz. )

| 한국어 능력 시험 | Rasmiy sahifasi.
https://t.me/joinchat/AAAAAEq8VPIAWnzfc2k0NA

Siz uchun xizmatdamiz. (Tarqating)
1.6K views05:22
Ochish/sharhlash
2021-02-12 06:57:00
Koreya Toshkentda klinikani qurish uchun 120 million dollar ajratadi

• Moliya instituti Kimyo texnologiyalari markazini yaratishni ham moliyalashtiradi.

• Koreyaning Eksport-import banki (Eksimbank) Toshkentda ko'p tarmoqli klinikani qurish uchun 120 million dollar ajratadi, deb yozadi Janubiy Koreyaning Korea Herald gazetasi.

• Janubiy Koreyaning banki qiymati 40 million dollar bo'lgan loyihalashtirish instituti - O'zbekiston Respublikasida kimyoviy texnologiyalar markazini yaratishni moliyalashtiradi, tashkilot respublika iqtisodiyoti uchun yangi neft va gaz mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

• "O'zbekiston bizning yangi shimoliy siyosatimizning asosiy sherigi hisoblanadi va biz sog'liqni saqlash va tibbiyot sohasidagi hamkorligimizni kengaytiramiz", dedi Eximbank bosh direktori Bang Moon-kyu.

| 한국어 능력 시험 | Rasmiy sahifasi.
https://t.me/joinchat/AAAAAEq8VPIAWnzfc2k0NA

Siz uchun xizmatdamiz. (Tarqating)
1.3K views03:57
Ochish/sharhlash
2021-02-11 23:00:20
Бугун Жума

Расулуллоҳ ﷺ: «Жума куни менга кўп саловот айтинглар. Чунки менга ҳар жума умматимнинг менга айтган саловоти кўрсатилади. Ким менга кўп саловот айтган бўлса, (Қиёматда) менга энг яқинлардан бўлади»

Жума айёми муборак бўлсин!

| 한국어 능력 시험 | Rasmiy sahifasi.
https://t.me/joinchat/AAAAAEq8VPIAWnzfc2k0NA

Siz uchun xizmatdamiz. (Tarqating)
1.4K views20:00
Ochish/sharhlash
2021-02-11 19:49:27
Inchon airoportida masjid bor, lekin COVID-19 sabab yopib qo'yishgan ekan.

Koreaga oid yangiliklar kanali
https://t.me/joinchat/UuJd1-GZv8nCekSR

Siz uchun xizmatdamiz (Tarqating)
1.2K views16:49
Ochish/sharhlash
2021-02-02 08:37:18
Ўзбекистон фуқароларини Кореяга ишга юбориш масаласи кўриб чиқилади

Ўзбекистонда эпидемиологик вазият барқарорлашгани сабабли Корея Республикаси томонидан Ўзбекистон қизил ҳудуддаги давлатлар рўйхатидан чиқарилди.

Шу муносабат билан, шартномаси мавжуд ҳамда виза тасдиқномаларининг амал қилиш муддати тугамаган фуқароларни пандемия даврида Кореяга ташкилий тарзда жўнатиш тартибини келишиб олиш бўйича Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги томонидан мазкур давлатнинг тегишли идоралари билан музокаралар олиб борилмоқда.

Бугунги кунда фуқароларни ташкилий тарзда жўнатишнинг аниқ саналари номаълумлиги сабабли, шартномаси келган ва виза тасдиқномалари мавжуд фуқароларнинг Ташқи меҳнат миграцияси агентлигига тақдим қилиниши лозим бўлган ҳужжатларни тайёрлаб қўйишлари тавсия қилинади. Судланмаганлик тўғрисидаги ва тиббий маълумотномаларнинг амал қилиш муддати берилган кундан бошлаб 3 ойдир.

| 한국어 능력 시험 | Rasmiy sahifasi.
https://t.me/joinchat/AAAAAEq8VPIAWnzfc2k0NA

Siz uchun xizmatdamiz. (Tarqating)
569 views05:37
Ochish/sharhlash