2024-06-25 17:47:19
Jahon futbol yulduzlari O‘zbekistonga keladiYoshlar oyligi doirasida 29-iyun kuni dunyoga mashhur futbol yulduzlari O‘zbekistonga tashrif buyurishadi.
Xususan: Dida (Jesus Silva) – darvozabon, Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi gʻolibi.
Kristian Panuchchi – Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi, Real Madrid va Milan jamoalari bilan ikki marta UEFA chempionlar ligasi gʻolibi.
Kristian Zakkardo – Italiya terma jamoasining sobiq a’zosi, oʻng qanot himoyachisi, jahon va Bundesliga chempioni.
Serjinio (
Serjio Klaudio dos Santos) – Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi, yarim himoyachi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi gʻolibi.
29-iyun kuni soat 15:00da Yoshlar ijod saroyida bo‘ladigan uchrashuvda futbol tarixi, buguni va kelajak istiqbollari, O‘zbekistonda sohadagi islohotlar hamda sportchilarimizning muvaffaqiyatlari haqida suhbat bo‘ladi.
Uchrashuvda ishtirok etish bepul. Ro‘yxatdan o‘tish lozim: @yoshlaruchrashuvibot
5.8K views14:47