Get Mystery Box with random crypto!

Jahon futbol yulduzlari O‘zbekistonga keladi Yoshlar oyligi d | Times.uz

Jahon futbol yulduzlari O‘zbekistonga keladi

Yoshlar oyligi doirasida 29-iyun kuni dunyoga mashhur futbol yulduzlari O‘zbekistonga tashrif buyurishadi.

Xususan:

Dida (Jesus Silva) darvozabon, Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi gʻolibi.

Kristian Panuchchi – Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi, Real Madrid va Milan jamoalari bilan ikki marta UEFA chempionlar ligasi gʻolibi.

Kristian Zakkardo – Italiya terma jamoasining sobiq a’zosi, oʻng qanot himoyachisi, jahon va Bundesliga chempioni.

Serjinio (Serjio Klaudio dos Santos) – Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi, yarim himoyachi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi gʻolibi.

29-iyun kuni soat 15:00da Yoshlar ijod saroyida bo‘ladigan uchrashuvda futbol tarixi, buguni va kelajak istiqbollari, O‘zbekistonda sohadagi islohotlar hamda sportchilarimizning muvaffaqiyatlari haqida suhbat bo‘ladi.

Uchrashuvda ishtirok etish bepul. Ro‘yxatdan o‘tish lozim: @yoshlaruchrashuvibot