2023-01-25 19:25:51
BUTUN TURKIYA ABDULHAMID CHO‘LPON SHE'RI BILAN AYTILUVCHI QO‘SHIQNI KUYLAMOQDA.
BIZ ESA BU QO‘SHIQ MATNINI KIM YOZGANINI BILMAYMIZ!
Go‘zal Turkiston senga ne bo‘ldi.
Robbim turk davlatlarini birlashtirsin. Bizlarga ham go‘zal Turkiston davlatlarini qayta tiklanganini ko‘rishlik nasib qilsin.
Go‘zal Turkiston
Go‘zal Turkiston, senga ne bo‘ldi?
Saxar vaqtida gullaring so‘ldi.
Chamanlar barbod, qushlar ham faryod,
Hammasi mahzun. Bo‘lmasmi dil shod?
Bilmam ne uchun qushlar uchmas bog‘chalaringda?
Birligimizning tebranmas tog‘i,
Umidimizning so‘nmas chirog‘i.
Birlash, ey xalqim, kelgandir chog‘i,
Bezansin endi Turkiston bog‘i.
Qo‘zg‘al, xalqim, yetar shuncha jabru jafolar!
Ol bayrog‘ingni, qalbing uyg‘onsin,
Qullik, asorat – barchasi yonsin.
Qur yangi davlat, yovlar o‘rtansin.
O‘sib Turkiston, qaddin ko‘tarsin,
Yayrab, yashnab o‘z Vataning gul Bog‘laringda!
686 views16:25