Get Mystery Box with random crypto!

Uzoq turib qolgan choyni ichmang! Albatta, to‘g‘ri foydalani | Tibbiy sahifa 🩺

Uzoq turib qolgan choyni ichmang!

Albatta, to‘g‘ri foydalanilsa, choy ko‘plab foydali xususiyatlarga. Ammo uzoq turib qolgan choy nafaqat foydali jihatlarini yo‘qotadi, balki sog‘lig‘ingiz uchun xavf tug‘diradi.

Choy uzoq vaqt turib qolsa, yuzasida suratdagidek yupqa qatlam - plyonka paydo bo‘ladi. Bu choydagi organik moddalarni kislorod bilan reaksiyasi natijasida paydo bo‘ladi va u temir, magniy, teofilin, kofein, guanin kabi moddalarni o‘z ichiga oladi.

Choy yuzasidagi bu qatlam organizmga kirgach oshqozon-ichak shilliq qavatida so‘rilish jarayonini, ichak motorikasini sekinlashtiradi, undagi bakterial faollik ortishi fermentasiya, parchalanish jarayoniga sabab bo‘ladi va hosil bo‘lgan toksik moddalar ichakka so‘rila boshlaydi. So‘ngra bu yarali jarayonlar rivojlanishiga olib keladi.

Tibbiy sahifa