Get Mystery Box with random crypto!

Botoks sog‘liq uchun xavflimi? Botoks – botulinum A tipidagi | Tibbiy sahifa 🩺

Botoks sog‘liq uchun xavflimi?

Botoks – botulinum A tipidagi toksindan tayyorlanadigan ineksiyon preparat bo‘lib, kichik dozada yuborilgani sababli odatda kasallik chaqirmaydi, albatta, istisno holatlar ham uchrab turadi.

Yuborilgan modda yuz mushaklariga keladigan nerv signallarini bloklaydi, natijada mushaklar qisqarishdan to‘xtaydi.

Botoks ineksiyalari tajribali shifokor tomonidan amalga oshirilganda ham ba’zan quyidagi yon ta’sirlar va asoratlar yuzaga kelishi kuzatiladi:
- Og‘riq, shish, ko‘karish, bosh og‘rig‘i
- Ko‘z qovog‘ining osilib qolishi, qoshlarning qiyshayishi, ba’zan to‘kilishi
- Notekis tabassum, ko‘p miqdorda ko‘zyoshi ajralishi

Shuningdek, uzoq muddatli ta’sirlari qatorida yutinishda, gapirishda qiyinchilik, ko‘zning xiralashuvi kabilar uchraydi.

Botoks ayniqsa, homilador va emizikli farzandi bor onalarga umuman tavsiya etilmaydi.

Tibbiy sahifa