Get Mystery Box with random crypto!

Elektron sigaretalar sog‘liq uchun xavflimi? Ko‘pchilik ular | Tibbiy sahifa 🩺

Elektron sigaretalar sog‘liq uchun xavflimi?

Ko‘pchilik ularni xavfli emas deb hisoblaydi. Ammo elektron sigaretalar tarkibida ham nikotin mavjud. Bu modda tufayli sizda sigaretaga nisbatan qaramlik paydo bo‘ladi. Nikotin zaharli modda bo‘lib, organizmda adrenalin sintezini oshiradi, qon bosimini ko‘taradi.

Homiladorlik davrida nikotin ta’siri chaqaloqning erta tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.

Elektron sigaretaning tutuni shunchaki suv bug‘i emas. Amerika Saraton Tadqiqotlari markazining xabar berishicha, ana shu bug‘ tarkibidagi xushbo‘y hid berish uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar o‘pka kasalliklariga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, unga qo‘shiladigan formaldegid saraton kasalligiga chalinish xavfini orttiradi.

Tibbiy sahifa