Get Mystery Box with random crypto!

Yotgan holatda o‘qish ko‘zlar uchun zararlimi? Normal holatd | Tibbiy sahifa 🩺

Yotgan holatda o‘qish ko‘zlar uchun zararlimi?

Normal holatda ideal o‘qish masofasi ko‘zlaringiz va kitob orasi 30-40 sm va 60 gradus burchak ostida bo‘lishi lozim. Yotib o‘qish esa ko‘zlarni harakatlantiruvchi muskullarni zo‘riqib ishlashga majbur qiladi.

Uzoq vaqt yotib o‘qish astenopiyaga sabab bo‘ladi. Bu ko‘zda charchoq, bosh og‘rig‘i, ko‘zning xiralashuvi kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi. Albatta, bunga faqat kitob o‘qish emas, smartfon va boshqa elektron qurilmalardan foydalanish ham kiradi.

Shuni ham aytib o‘tish kerakki, yotib o‘qish faqat ko‘z muskullarini zo‘riqtirgani tufayli bu ko‘rish qobiliyatini pasayishiga olib kelmaydi. Ammo uzoq va samarali, turli noqulayliklar va og‘riqlarsiz ishlamoqchi bo‘lsangiz, yotib o‘qimagan ma’qul.

Tibbiy sahifa