Get Mystery Box with random crypto!

Appenditsitdan odam o‘ladimi? Appenditsit ichakning chuvalc | Tibbiy sahifa 🩺

Appenditsitdan odam o‘ladimi?

Appenditsit ichakning chuvalchangsimon o‘simtasi yallig‘lanishi bo‘lib, avvallari unga rudiment organ sifatida qaralgan. Bugungi kunda esa ichak mikroflorasi uchun ahamiyatli ekani, ayniqsa, bolalarda immunitet tizimi shakllanishida muhim o‘rin tutishi fanga ma’lum.

Appenditsitda kindik atrofida, qorinning o‘ng tomonida og‘riq, ishtaha yo‘qolishi, qorinda shish paydo bo‘lishi, qayt qilish, ba’zan siydik ajralishining qiyin kechishi kabi belgilar namoyon bo‘ladi.

Bu kasallikda appendiks bamisoli infeksiya bilan to‘lgan bombaga aylanadi. Yuqoridagi belgilar namoyon bo‘lganidan keyin 48-72 soat ichida u yorilishi mumkin. Bu esa inson hayotiga jiddiy xavf soladi va o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.

Tibbiy sahifa