Get Mystery Box with random crypto!

Onamni jonini og'ritma Robbim Kaftimga to'kildi durdek duolar | She`rlar Olami !

Onamni jonini og'ritma Robbim

Kaftimga to'kildi durdek duolar
Iltijoga to'lgan yeru samolar
Kechir o'tgan bo'lsa mendan xatolar
Onamni jonini og'ritma Robbim

Bir umr men uchun duoyi jonda
Uningdek mehribon yo'qdir jahonda
Tunu kun so'rayman yalvorib sendan
Onamni jonini og'ritma Robbim.

Xatto chumoliga bermagan ozor
Osmondan ulug'roq yerdan xokisor
Mening undan bo'lak yana kimim bor
Onamni jonini og'ritma robbim

Onam xasta bo'lsa olam zimiston
Dunyoda yurmakka qolmaydi imkon
Sajdadan boshimni olmayman ishon
Onamni jonini og'ritma robbim

Boshimga ne kelsa o'zingdan ko'rgum
Ming bir sinovingda sabrda turgum
Borsam senga borgum senga yolvorgum
Onamni jonini og'ritma robbim

Bolam deb borini unutgan uldir
Kel uni quvontir kel uni kuldir
Mening shukronamga dunyoni to'ldir
Onamni jonini og'ritma robbim

Farzandlar nomidan onajonlari
mizga yaqinlarga ulashamiz

Ma'ruf Mo'minov

@sherla