Get Mystery Box with random crypto!

​​Vaqtinchaliklar... Barchaning hayotida bo'lsa kerak - vaqti | She`rlar Olami !

​​Vaqtinchaliklar...

Barchaning hayotida bo'lsa kerak - vaqtinchaliklar...
Kelishlar, ketishlar...
Tanishlar, qisqa uchrashuvlar, dildan suhbatlar...
Boringni bilishga urinishlar...
Va o'rnidan turib ketishlar.!

Barchaning hayotida bo'lsa kerak - vaqtinchaliklar...
Do'stlar...
Jon bergandek bo'lishlar, siringni bilishlar...
Va turib ketib hayotingda bo'shliq hosil qilishlar.;

Barchaning hayotida bo'lsa kerak - vaqtinchaliklar...
Havoyi muhabbat...
Yonishlar...
Olov bo'lishlar...
So'ngida so'nishlar
Va o'chib qolishlar.!
Barchaning hayotida bo'lsa kerak - vaqtinchaliklar...

@sherla