Get Mystery Box with random crypto!

ONANGIZNI QACHON KO'RDINGIZ Muhim jiddiy yumushlar bilan Diya | She`rlar Olami !

ONANGIZNI QACHON KO'RDINGIZ

Muhim jiddiy yumushlar bilan
Diyarli har joyda bo'ldingiz
Eslolmaysiz tashvishlar bilan
Onangizni qachon ko'rdingiz

Shovqinlardan g'ovlagan shahar
Umringizni ovlagan shahar
Qishloqdagi o'sha mushtipar
Onangizni qachon ko'rdingiz

Yuragida yashirin nola
Ko'zlarida sog'inchli jola
Olim bola ex zolim bola
Onangizni qachon ko'rdingiz

Sizni kutib ko'zlari toldi
Kelmadi deb havotir oldi
Umringiz ham yarimlab qoldi
Onangizni qachon ko'rdingiz

O'taverar yillar darbadar
O'z domiga tortib tillo zar
To'g'risini ayting birodar
Onangizni qachon ko'rdingiz

Farzandim deb bolam deb so'lgan
Paymonasi yuragi to'lgan
Dunyolarda g'animat bo'lgan
Onangizni qachon ko'rdingiz

O'tib borar umr kun sayin
Bir kun tugab qolmog'i tayin
Xaykal qurmang o'lgandan keyin
Onangizni qachon ko'rdingiz

Ma'ruf Mo'minov

@sherla