Get Mystery Box with random crypto!

Ğiybatimni qilavering Har qadamda, har dam o‘ng-u, so‘limdasi | She`rlar Olami !

Ğiybatimni qilavering

Har qadamda, har dam o‘ng-u, so‘limdasiz,
Xo‘p ortimdan kulavering g‘iybatchilar,
Goh jilmayib, goh tumtayib yo‘limdasiz,
Gʻiybatimni qilavering g‘iybatchilar.

Men daraxtning ostidaman, siz shohida,
Men sahroda, siz chamanlar gulbog‘ida,
Quloqlarim qizib ketar goh, gohida,
Gʻiybatimni qilavering g‘iybatchilar.

Buncha gap deb sathingizdan toshmasangiz,
Mish-mish izlab davonlardan oshmasangiz,
O‘zim aytib berardimda shoshmasangiz,
Gʻiybatimni qilavering g‘iybatchilar.

Zaharxanda kulib qad ham urmoqdasiz,
Karvon o‘tar, siz it bo‘lib hurmoqdasiz,
Oyoq qolib tilingizda yurmoqdasiz,
Gʻiybatimni qilavering g‘iybatchilar.

Yonimda do‘st,ortimda yov,g‘animsizda,
Husumatim,arzim yo‘qdir manim sizda,
Axir mening bor tashvishim,g‘amim sizda,
Gʻiybatimni qilavering g‘iybatchilar.

Quruq gap so‘z sotmoqlikni holi yomon,
Bir nazar ham solib qo‘ying Haq yo‘l tomon,
Men xudoga solib qo‘ydim allaqachon,
Gʻiybatimni qilavering g‘iybatchilar.

Xurshid Karim

@sherla