Get Mystery Box with random crypto!

KIBRGA BERILMA Kibrga berilma pastroq tush inson Baribir pesh | She`rlar Olami !

KIBRGA BERILMA

Kibrga berilma pastroq tush inson
Baribir peshonang tuproq silaydi
Bir kuni loyingni yomg'ir yuvganda
Xatto ishonganing xam yordam bermaydi

Sarobni qilmagin kunning taqdiri
Ruhing ham tanangda mehmon bo'ladi
Zamon o'tib ketar desang bir kuni
Ko'zguda qarilik boshing egadi

Unutma bu dunyo xammadan qolur
Foniyga xamma ham bir kun ketadi
Nomingni bulg'ama ahmoqlik qilib
Sendan so'ng farzanding dashnom eshitadi

Yahshi bo'l pastroq yur uyalma aslo
Ishongan tog'da ham kiyik yotmaydi
Ollohga suyangan sajdada egil
Oxiri borar joying mozor bo'ladi

Ma'ruf Mo'minov

@sherla