Get Mystery Box with random crypto!

Tezkor Yangiliklar 24 | Rasmiy Axborot

Telegram kanalining logotibi tezlive — Tezkor Yangiliklar 24 | Rasmiy Axborot T
Telegram kanalining logotibi tezlive — Tezkor Yangiliklar 24 | Rasmiy Axborot
Kanal manzili: @tezlive
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 64.28K
Kanalning ta’rifi

⚡️Oʻzbekiston va Jahonda yuz berayotgan eng soʻngi Yangiliklarni tezkorlikda yoritib boramiz!
📍Biz bilan bogʻlanish – @QDUZB

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-04-27 05:50:56
Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyot bortida chaqaloq tugʻildi

Uzbekistan Airways kompaniyasining Hy273 reysi bortida 26-aprel kuni oʻgʻil bola dunyoga
keldi.

@TEZLIVE
157 views02:50
Ochish/sharhlash
2023-04-26 17:53:57
Andijonda ikki nafar obodonlashtirish xodimini mashina urib ketdi — ulardan biri vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqda xodimlar kechasi obodonlashtirish ishlariga jalb qilingani haqida xabar tarqaldi. Hokimlik buni rad
etdi.

@TEZLIVE
327 views14:53
Ochish/sharhlash
2023-04-26 13:34:10
Toshkentning Shayxontohur tumanidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in chiqdi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 26-aprel kuni soat 13:58 da yangi qurilayotgan 25 qavatli binoning 1-qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnika soat 14:00 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:10 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

@TEZLIVE
365 views10:34
Ochish/sharhlash
2023-04-26 12:37:44
Toshkentda enagaga tashlab ketilgan 3 yashar qiz vafot etdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi
ushlangan.

@TEZLIVE
346 views09:37
Ochish/sharhlash
2023-04-26 12:36:12
Erdo‘g‘on Putin bilan muzokara o‘tkazish niyatida

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 27 aprel kuni Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilishi kutilmoqda.

@TEZLIVE
348 views09:36
Ochish/sharhlash
2023-04-11 15:33:23
Anomal issiqlik: Turkmanistonda 12-13 aprel kunlari havo harorati 40 darajadan oshishi, Oʻzbekiston hududining katta qismida 35-37 daraja boʻlishi kutilmoqda

@TEZLIVE
171 views12:33
Ochish/sharhlash
2023-04-11 14:12:53
Toshkentdagi maktabda 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Toshkentning Mirobod tumanidagi 110-maktabda 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

10-aprel kuni Mirobod tumani IIO FMB navbatchilk qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 110-sonli maktabda 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bola S.M. soat 17:30 larda vafot etgan. Hodisa sodir bo‘lgan joyga tuman hokimi, tuman prokuraturasi, tuman IIO FMB rahbariyati, tezkor navbatchilik guruhi borgan.

Maktab kuzatuv kamerasi videoyozuvlari o‘rganilganda, hodisa joyida janjal yoki kelishmovchilik bo‘lmagani aniqlangan.

Sud tibbiyot ekspertizasining 11-apreldagi dastlabki xulosasiga ko‘ra, Shayxontohur tumanida yashovchi, 2009-yilda tug‘ilgan bolaning o‘limiga “oshqozon osti beziga keng ko‘lamli qon quyilishi, o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi, o‘ng ko‘z yonida shilinma, ichki aʼzolari to‘laqonligi, bosh miya va o‘pkalar shishi” sabab bo‘lgan.

Hozirda tegrovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

@TEZLIVE
210 views11:12
Ochish/sharhlash
2023-04-03 15:17:10
Ramazon hayiti: aprel oyida Oʻzbekiston aholisi ketma-ket 3 kun dam oladi

2023-yil 22-aprel (shanba) dam olish kuni;
2023-yil 23-aprel (yakshanba) taqvim boʻyicha dam olish kuni;
2023-yil 24-aprel (dushanba) qoʻshimcha dam olish kuni.

@TEZLIVE
197 views12:17
Ochish/sharhlash
2023-04-02 16:43:34
Telegram messenjerida keng tarqalishni boshlagan ushbu xabarga aslo ishonmang va tarqatmang

Shunga oʻxshash xabarlar, odamlarni telegram akkauntlari yoki bank plastik kartalarini ulab olish holatlari koʻp uchramoqda

Yaqinlarga yuboring!

@TEZLIVE
252 viewsedited  13:43
Ochish/sharhlash
2023-03-30 16:42:42
Yaqin kunlarda Yerda kuchli magnit bo‘roni kuzatilishi kutilmoqda

Hozirda Quyoshdan soatiga 2,9 million km tezlikda shamol oqimi esmoqda. Bu ob-havoga ta’sirchan odamlarning salomatligiga va GPS tizimi ishlashiga ta’sir qilishi mumkin.

@TEZLIVE
209 views13:42
Ochish/sharhlash